zamburugʻlarning vegetativ tanasi (tallom) From Wikipedia, the free encyclopedia
Mitseliy (yun. Mykes — zamburugʻ) — zamburugʻlarning vegetativ tanasi (tallom). M. ingichka ipchalar — giflardan iborat. Odatda, substrat ichida, baʼzan uning sirtida rivojlanadi; substratdan organik moddalarni osmatik yoʻl bilan soʻrib olish funksi-yasini bajaradi. Xitridiyli zamburugʻlar, zigomitsetlar va somitsetlarning M.si toʻsiqsiz, bitta hujayradan iborat boʻlib, uz. bir necha oʻn sm ni (mas, mogʻor) tashkil etadi. Xitridiyli zamburugʻlarda M. kucheiz rivojlangan boʻlib, rizomitseliy deyiladi. Aksomitsetlar, bazidiyali zamburugʻlar M.si toʻsikdar (sektalar)ga boʻlingan koʻp hujayrali. M.ning bir qismi orqali zamburugʻlar vegetativ koʻpayadi. M.dan zamburugʻlarning reproduktiv organlari va mevali tanasi hosil boʻladi.[1]
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.