From Wikipedia, the free encyclopedia
Malmö (talaffuzi: Malmoʻ; kir. Малмў) — Shvetsiyaning janubidagi shahar. Aholisi 303 873 kishi (2012). Lund, Trelleborg, Vellinge va boshqa shaharlar bilan Katta Malmö shahar aglomeratsiyasini tashkil etadi. Eresunn boʻgʻozidagi port. Avtomobil paromi orqali Kopengagen shahri (Daniya) bilan bogʻlangan; Trelleborg — Zasnits (Germaniya) temir yoʻl paromi bor. Malmö — mamlakatning muhim sanoat markazlaridan biri. Mashinasozlik (jumladan, kemasozlik), kimyo (rezina buyumlari ishlab chiqarish), trikotaj, oziq-ovqat, sement sanoati korxonalari mavjud. Tarixiy-badiiy muzeyi bor. Shahar ilk bor qoʻlyozmalarda 13-asrdan tilga olingan. 14—16-asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorliklardan ratusha, qasr va boshqa binolar saqlangan.[4]
Malmoʻ Malmö | |
---|---|
shahar | |
![]() | |
55°35′0″N 13°02′0″E | |
Mamlakat | Shvetsiya |
Viloyat | Skaniya |
Okrug | Skåne |
Shvetsiya munitsipalitetlari|Munitsipalitet | Malmö munitsipaliteti]] va [[Burlöv munitsipaliteti |
Hukumat | |
• Hokim | Ilmar Reepalu |
Asos solingan | 13-asr |
Maydon | 1,584[1] km2 (612 kv mi) |
Aholisi (2012) |
303 873[2][3] |
Zichligi | 1 937 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
|
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.