From Wikipedia, the free encyclopedia
Mali, Mali Respublikasi (République du Mali) — Gʻarbiy Afrikadagi davlat. Maydoni 1,24 mln. km², aholisi 19 mln. kishi (2020). Poytaxti — Bamako shahri. Maʼmuriy jihatdan Bamako hududi va 8 viloyat (region)ga boʻlingan.
Mali Respublikasi République du Mali
| |
---|---|
Shior: Un peuple, un but, une foi (Fransuzcha: Bir xalq, bir maqsad, bir din) | |
Madhiya: Le Mali | |
Poytaxt | Bamako |
Rasmiy til(lar) | Fransuzcha |
Hukumat | Prezidentlik Respublika |
• Prezident |
Assimi Goïta |
• Bosh Vazir |
Abdoulaye Maïga |
Mustaqillik (Fransiyadan) | |
• Sana |
22-sentabr 1960 |
Maydon | |
• Butun |
1,240,000 km2 (24-oʻrin) |
• Suv (%) |
1.6 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
12,291,529 (67-oʻrin) |
• Zichlik | 9/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$11,860 mil. (133-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$965 |
Pul birligi | CFA Franc (XOF) |
Vaqt mintaqasi | UTC+0 |
UTC+0 | |
Qisqartma | ML |
Telefon prefiksi | 223 |
Internet domeni | .ml |
|
Mali — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1992-yil 12-yanvardagi referendumda maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident (1992-yildan Alfa Umar Konare). Umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi xokimiyatni Milliy majlis (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi.
Mali hududining koʻp qismi Shimoliy yarim sharning tropik mintaqasida. Yer yuzasining 90% dan koʻprogʻi tekislik, qolgan qismi togʻlardan va qoyalar orasidagi oʻyiq kamarlardan iborat. M.ning shimoliy qismida Gʻarbiy va Markaziy Sahroi Kabirning tosh, qumtosh va shagʻalli choʻllari joylashgan. Niger daryosining oʻrta oqimi keng allyuvial tekislik. M.da boksit, temir va marganets rudalari, tuz, ohaktosh, fosforit, kaolin, olmos, oltin, qalay, polimetall rudalar, uran konlari bor.
Iqlimi — tropik, issiq va quruq; janubiy chekkasida — subekvatorial. Yillik oʻrtacha temperaturasi 28—29°. Oʻrtacha yillikyogʻin 150–1500 mm. Daryolari — Senegal, Niger va ularning irmoqlari.
Mali hududining 1/2 qismi butazor, savanna; qizgʻish-qoʻngʻir tuproqli yerlarda boshokli oʻsimliklar, akatsiya, palma va baobab, qizil laterit tuprokdi yerlarda Senegal kayyasi, terminaliya va boshqa daraxtlar usadi. Janubiy chekkasida savanna oʻrmonlari, daryo boʻylarida galereya oʻrmonlari bor. Shimoliy choʻl va chala choʻllarda ohu, gʻizol, jirafa, gepard, sirtlon, savannalarda kiyik, arslon, qoplon, chiyaboʻri, fil, timsoh, begemot, qushlar yashaydi. Daryo va koʻllarda baliq koʻp. Termitlar, yovvoyi asalari, setse pashshasi va boshqa hasharotlar tarqalgan. Oʻsimliklar va hayvonlarni qoʻriklash uchun Bukl-dyu-Baule milliy bogi tashkil etilgan.
Malida bambara, soninke, malinke, fulbe, diula, sanu, shuningdek, xasonke, kachoro, senufo, dogon, bobo, moyey, Sahroi Kabirda tuareglar, arablar yashaydi. Aholisining 80% islom, qolganlari xristian va mahalliy dinlarga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — fransuz tili. Aholining qariyb 70% mahalliy bambara tilida soʻzlashadi. Aholining 25,5% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Bamako, Mopti, Segu, Sikaso.
Mali — Gʻarbiy Afrikada oʻrta ayerlarda vujudga kelgan davlatlardan biri. Mamlakatga Shimoliy Afrika savdogarlari kirib kelishi bilan islom dini yoyilgan (8-asr). 19-asrning oxiridan Gʻarbiy Afrikaning markaziy hududi Fransiya mustamlakasiga aylandi. Mahalliy aholi mustamlakachilarga qarshi qattiq kurashdi. 1894-yil Niger va Senegal daryolarining yuqori va oʻrta oqimlaridagi yerlari Fransiya Sudani nomi bilan Fransiya mustamlakasi. 1895-yildan Fransiya Sudani Fransiya Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga kirdi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Fransiya Sudanida ozodlik harakati kuchaydi. 1946-yil oxirida tashkil topgan Afrika demokratik birlashmasi seksiyasi — Sudan Ittifoqi partiyasi milliy ozodlik harakatiga boshchilik qildi, demokratik islohotlar oʻtkazish uchun kurash boshladi. Sudan Ittifoqi Fransiya Gʻarbiy Afrikasi mamlakatlariling taraqqiyparvar kuchlari va Fransiya Umummehnat konfederatsiyasi tarkibidagi kasaba uyushmalari koʻmagida mamlakatda yetakchi siyosiy kuch boʻlib qoldi. 1957-yil uning deputatlari Territorial assambleyada birinchi marta koʻp ovoz olishga muvaffaq boʻldilar.
1958-yil 28-sentabrda qabul qilingan Fransiya konstitutsiyasiga muvofiq, Fransiya Sudani Sudan Respublikasi nomi bilan Fransiya Hamjamiyati tarkibiga kirdi. 1959-yil Sudan Respublikasi bilan Senegal Respublikasining birlashuvidan Mali Federatsiyasi tashkil topdi. U 1960-yil iyunda Fransiya Hamjamiyati doirasida mustaqillikka erishdi. 1960-yil 20-avgustda Senegal Respublikasi Federatsiyadan chikdi. Federatsiyaning tarqalib ketishi munosabati bilan Sudan Respublikasining Qonun chiqaruvchi assambleyasi 1960-yil 22-sentabrda Sudan Respublikasini M. Respublikasi nomi bilan suveren va mustaqil davlat deb eʼlon qildi va u Fransiya Hamjamiyatidan chikdi. Sudan Ittifoqi partiyasining bosh kotibi M. Keyta respublika prezidenta boʻldi. 1968-yil noyabrdagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni M. Traore (1979—91 yillarda prezident) boshchiligidagi Milliy ozodlik harbiy qoʻmitasi egalladi. 1979-yil M. boshkaruvning fuqarolik shakliga oʻtdi.
1991-yil 25-martda davlat toʻntarishi sodir boʻldi. Hokimiyatni qoʻlga olgan A. T. Ture boshchiligidagi Xalqni qutqarish qoʻmitasi demokratik islohotlar oʻtkazishga kirishdi. 1992-yil 1-yarmida oʻtkazilgan koʻp partiyali asosdagi parlament va prezident saylovi fuqarolar boshqaruviga oʻtishni nihoyasiga yetkazdi. M. Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992-yil 24-yanvarda tan oldi. Milliy bayrami — 22-sentabr — Mustaqil kuni (1960).
Malida demokratiya uchun alyans — Panafrika ozodlik, birdamlik va adolat partiyasi (ADEMA), 1990-yilda tuzilgan; Mali taraqqiyot va tiklanish partiyasi, 1991-yilda tashkil etilgan; Demokratiya va rivojlanish partiyasi, 1991-yilda asos solingan; Demokratik tashabbus milliy kongressi partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Demokratiya va taraqqiyotuchun birlashma, 1991-yilda tashkil etilgan; Demokratiya va mehnat uchun birlashma partiyasi, 1991-yilda tuzilgan; Taraqqiyot uchun demokratik kuchlar ittifoki partiyasi, 1991-yilda asos solingan; Demokratiya va tarak,qiyot partiyasi, 1991-yil tashkil etilgan; Sudan ittifoqi — Afrika demokratik birlashmasi partiyasi, 1946-yilda tuzilgan, 1968-yilda taqikdangan, 1992-yildan yana oshkora ishlay boshlagan. Mali mehnatkashlari milliy birlashmasi kasaba uyushmasi, 1963-yilda asos solingan.
Mali — afar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi — 55%, sanoatning ulushi — 12%. Iqtisodiy faol ahvolining 75% qishloq xoʻjaligida band. Teztez boʻlib turadigan qurgʻoqchilik mamlakat iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadi. Qishloq xoʻjaligida yerga jamoa egaligi us-tun. Mamlakat hududining salkam 9% haydaladigan va boʻz yerlar, koʻp yillik ekinzorlar, 24% yaylov va pichanzorlar, 3,6% oʻrmon va butazorlar, qolgan qismi choʻllardan iborat. 90 ming ga yer sugʻoriladi. Haydaladigan yerlarda donli ekinlar, yer yongʻoq va paxta, shuningdek, kanop, makkajoʻxori, choy, tamaki, sholi, shakarqamish, shahar atroflarida sabzavot va meva, hamma joyda oq joʻxori, fonio, yams, maniok yetishtiriladi. Mali — Gʻarbiy Afrikadagi yirik chorvachilik mamlakatlaridan biri. Qoramol, qoʻy, echki, tuya, yilqi boqiladi. Oʻrmonlarda mebel va boshqa ehtiyojlar uchun yogʻoch tayyorlanadi. Daryolar, irmoklar va koʻllarda baliq ovlanadi.
Mustaqillik yillarida maʼdan qazib olish yoʻlga qoʻyilib, qayta ishlash sanoatining 30 dan koʻproq korxonasi barpo etildi. Biroq mahsulot ishlab chiqarish hajmi jihatidan hunarmandchilik hamon ustun. Sanoat ishlab chiqarishning yarmiga yaqini qishloq xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlash tarmogʻiga toʻgʻri keladi. Paxta tozalash, sholi oqlash, yer yongʻoq va chigit yogʻi, sabzavot va meva konservalari zavodlari bor. Toʻqimachilik kombinatlari, kanop, koʻn-poyabzal, sement zavodlari barpo etilgan. Keyingi yillarda velosiped va moped, tranzistor yigʻish, metall konsturkiiyalar, mebel, kemasozlik korxonalari, traktor taʼmirlash ustaxonalari barpo etildi. Yiliga oʻrtacha 200 mln. kVtsoat dan koʻproq elektr energiya hosil qilinadi.
Malida asosiy transport turi — avtomobil. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 18 ming km, shundan 3 ming km qattiq qoplamali. Temir yoʻllari uzunligi — 720 km. M.ning dengizga chiqish yoʻli yoʻq. Tashqi savdo yuklari Senegal va Kot-d’Ivuar orqali tashiladi. Mamlakatda 10 aeroport, jumladan, Bamakoda xalqaro aeroporti bor. M. chetga paxta, yeryongʻoq, chorva va baliq mahsulotlari, gazlama, kalava ip, oltin, olmos sotadi. Chetdan neft mahsulotlari, oziq-ovqat, mashina va uskunalar, qurilish materiallari, kimyoviy mollar va boshqa oladi. Savdo-sotiqdagi mijozlari: Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Kot-d’Ivuar, Senegal, Gana. Pul birligi — Afrika franki.
Tibbiy yordam davlat muassasalarida amalga oshiriladi. Vrachlar Milliy tibbiyot maktabida tayyorlanadi.
Mali hududida dastlabki diniy maktablar 14-asrda paydo boʻldi. 15—16-asrlarda Tombuktu va Jen-neda Afrikadagi eng koʻhna musulmon universitetlari ishlay boshlagan. Dastlabki dunyoviy maktablar 19-asrning 2-yarmida ochildi, ammo ular juda oz boʻlgan.
Mamlakat mustaqilligi eʼlon qilingan (1960) paytda fransuzcha uslubda tashkil etilgan maktab tizimi 6 yillik boshlangʻich, 7 yillik oʻrta va kasb-xunar taʼlimidan iborat edi. 1962-yilda 6 yosh dan boshlab 5 yillik, 1968-yilda 9 yillik majburiy taʼlim joriy qilindi. Quyi kasb-hunar taʼlimi boshlangʻich maktab negizida 3 yil davomida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻquvchilari pedagogika institutlarida, toʻliqsiz oʻrta maktab oʻqituvchilari normal maktablarda, toʻliq oʻrta maktab oʻqituvchilari Oliy normal maktabda tayyorlanadi. Oliy oʻquv yurtlari: Bamakoda pedagogika instituti (Oliy normal maktab), Milliy oliy maʼmuriy maktab, Milliy muhandislar maktabi, Milliy tibbiyot maktabi, Katibugudagi qishloq xoʻjaligi politexnika instituti.
Bamakoda Milliy kutubxona, Munitsipal kutubxona, ijtimoiy fanlar instituti huzurida Milliy muzey, zootexnika tadqiqot markazi, Moxovga qarshi kurash tadqiqot instituti, Tropik oftalmologiya instituti, Milliy tropik agronomiya va oziq-ovqat ekinlari instituti va uning tadqiqot stansiyalari, Milliy mevachilik markazi, Tombuktuda Tarixiy tadqiqot va hujjatlashtirish markazi va uning qad. arab qoʻlyozmalari arxivi, Sholikorlik tadqiqot markazi, Milliy xalq sogʻligʻini saqlash sohasidagi tadqiqot instituti bor.
Malida nashr etiladigan yirik gaz.lar: "Jurnal ofisyel de la Repyublik dyu Mali" ("Mali Respublikasi rasmiy gazetasi", hukumatning fransuz tilida chiqadigan xabarnomasi), "Kibaru" ("Yangiliklar", bambara tilida chiqadigan oylik gaz., 1972-yildan), "Oror" ("Tong", fransuz tilida oyiga 2-marta chikadigan gaz., 1990-yildan), "Essor" ("Yuksalish", fransuz tilida chikadigan kundalik gaz., 1949-yildan; bambara va fransuz tillarida ilovalari chiqariladi). Mali mat-buot va reklama agentligi (AMAPP), 1977-yilda tashkil etilgan. Mali radio-eshittirish va televideniye xizmati, davlat nazoratida, 1957-yilda asos solingan.
Mali xalq ogʻzaki ijodi boy va rangbarang. Xalq afsonalarini toʻplash va nashr etishga 20-asrning 30-yillarida kirishildi. Hozirgi adabiyoti, asosan, ʻ fransuz tilida. Tarixchi I. M.Uan oʻzining tarixiy romanlari ("Fadimata, choʻl malikasi" va boshqalar) bilan hozirgi zamon M. adabiyotining asoschisi hisoblanadi. 20-asr 2-yarmidagi yirik yozuvchilaridan biri, jamoat arbobi Fili-Dabo Sissokoning "Qizil Savanna" romanida Birinchi jahon urushi davrida mahalliy ziyolilarning vujudga kelishi, tuareglarning fransuz bosqinchilariga qarshi qoʻzgʻoloni bayon qilingan. Malida yosh shoirlar yetishib chikdi. 60-yillar oxiri va 70-yillar boshlarida Mali adabiyotida folklor asarlari (tarixiy afsonalar, ertaklar va h.k.)ni qayta ishlash davom ettirildi ("Kala Jata" va boshqalar). Mali mustaqillikka erishgach, proza va poeziya gurkirib rivojlana boshladi.
Mali hududidan neolit davriga mansub madaniyat yodgorliklari topilgan (kryalarga bitilgan yozuvlar, gʻor devorlariga ishlangan ov, urush manzaralari hamda raqslar tasvirlangan rasmlar va boshqalar). Qishloqlarda kulbalar somonli loy ("banko")dan doyra shaklida, sinchli, derazasiz, kulohsimon va tomi kamishdan; shaharlarda toʻgʻri burchakli qilib quriladi, tomlari loy, tunuka yoki shifer bilan yopiladi. 11 —16-asrlarda M.da shahar qurilishi rivojlandi (Niani, Gao, Tombuktu, Jenne va boshqalar), ular mustahkam devorlar bilan oʻraldi. Jamo-at binolari (Tombuktudagi saroy), masjidlar (Tombuktu, Mopti, Jen-neda) qurildi. Mustamlakachilar xukmronligi davrida Gʻarbiy Yevropa eklektikasiga xos binolar yuzaga keldi (soborlar, hukumat muassasalari va boshqalar). 20-asrning 2-yarmidan zamonaviy binolar kurila boshladi.
Oʻymakorlik sanʼati rivojlangan. Yengil yogʻochlardan marosim niqoblari, odam va hayvon shakllari, stullar, eshiklar, idish va taroqlar, mis bu-yumlar yasaladi, ilon va timsoh terisidan sumka, kamarlar tikiladi. 20-asr oʻrtalaridan zamonaviy sanʼat vujudga keldi. Rassom B. Keyta asarlari bunga misoldir.
Musiqasi mamlakatda yashovchi turli xalqpar musiqiy madaniyati krrishmasidan tarkib topgan. Baʼzilari qad. anʼanalarga ega boʻlib, oʻrta asrlardagi Mali imperiyasi davridan boshlangan. Saroy musiqasi belgilari saqlanib qolgan. Mali xalqdarining cholgʻu as-boblari orasida koʻra deb ataluvchi 21 torli arfa, nʼgoni deb ataluvchi 4 torli gitara, bala deb ataluvchi yogʻoch chang, shuningdek doʻmbira, tabele kabilar bor. Senufo xalqi xor usulida qoʻshiq aytishni sevadi, yogʻoch chang orkestrlari, turli ansambllar mavjud. Anʼanaviy musiqa ijrochilaridan S. Bazumana, F. Dembe mashhur. 20-asrda I. Soumaro, A. Soumaro kabi bastakorlar yetishib chiqqan.
Msli xalqlarida qadimdan sahna tomoshalari (niqobda rake tushish, qoʻshiqlar kuylash, turmush hangomalari), dehqonchilik ishlari, qishloqlardagi bayramlar, udumlar bilan bogʻliq tomoshalar koʻrsatish odat boʻlgan. Bambaralarning koteb xalq teatri guruhlari 20-asrning 30—40-yillarida Bamako koʻchalarida tomoshalar koʻrsatgan. 50-yillardan zamonaviy shakldagi havaskorlar teatri vujudga kela boshladi. Mali mustaqillikka erishgach, bu teatr ommaviy tus oldi. Uning sahnasida respublika turmushi dolzarb mavzularidagi pyesalar qoʻyila boshladi. 1962-yildan havaskor sanʼatkorlarning musobaqa koʻrigi muntazam oʻtkazib kelinadi. 1963-yilda Bamakoda Milliy sanʼat instituti tashkil topdi. Institut huzuridagi drama boʻlimi teatrlar uchun kad-rlar tayyorlaydi.
1963-yilda haftalik kinoxronikalar tayyorlash uchun guruxlar tuzildi. 1977-yilda tashkil etilgan Milliy kino markazi badiiy va hujjatli filmlar chiqara boshladi. M.da 1960-yillarning boshidan xronik filmlar suratga olingan. 1965-yil S. Sissening "Inson va sanamlar" hujjatli filmi yaratildi. 70-yillarda yaratilgan qisqa metrajli filmlar: "Tyemanning kaytishi" (rejissyor D. Kuyate), "Bir umrning besh kuni", "Qita janubida qora bayroq", "Baara" (hammasining rejissyor S. Sisse). Malining yetakchi rejissyor hisoblangan S. Sissening "Mehnat" filmi ijtimoiy muammolarga bagishlangan. Keyingi yillarda yaratilgan filmlar: "Mahbus" (rejissyor S. Kulibali), "Hammasi tamom boʻldi" (rejissyor K. Dyente), "Biz hammamiz aybdormiz", "Kryadagi duel" (rejissyor I. Traore) va boshqa Mamlakatda 20 ga yaqin kinoteatr bor. Yiliga 1—2 badiiy film yaratiladi.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.