From Wikipedia, the free encyclopedia
Masʼuliyati cheklangan jamiyat (qisqartmasi: MChJ) xoʻjalik shirkatining bir boʻlib, uning mulki (kapitali) muassislar orasida tegishli nizomlarda koʻrsatilganidek taqsimlanadi[1].
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Masʼuliyati cheklangan jamiyat — aʼzolari jamiyat majburiyatlari boʻyicha faqat oʻzlari qoʻshgan ulush doirasida javobgar boʻladigan jamiyat. Ikkitadan kam boʻlmagan jismoniy yoki yuridik shaxslarning kelishuviga koʻra, umumiy xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida ularning ulushlarini qoʻshish yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin. Bunday jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi. Jamiyat tarkibida yuridik shaxs boʻlgan ishtirokchilar oʻz mustaqilligini va huquqiy shaxsligini saqlab qoladilar. Jamiyat mablagʻlari qatnashuvchilarning ulushi hisobidan shakllantiriladi. Muomalaga aksiyalar chiqarmaydi. Jamiyat aʼzolariga pay guvohnomalari beriladi. Jamiyat aʼzosi oʻz ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat roziligi bilan oʻtkazishi, sotishi mumkin. Bunday jamiyatlar turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi Mas., AQSH va Angliyada — Ltd. va LLC, Germaniyada — GmbH (Gesellschaft mit beschränkter Haftung), Fransiyada — SA va SARL va boshqa[2][3]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.