Lutfulla Toʻrayev

From Wikipedia, the free encyclopedia

Lutfulla Toʻrayev baʼzan Lutfullo Toʻrayev 1988-yili 30-mart kuni Sirdaryo viloyatining Xovos shahrida tugʻilgan. Oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi va futbol murabbiyi. Fargʻonaning Neftchi futbol klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi.

Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumot, Toʻliq ismi ...
Lutfulla Toʻrayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lutfulla Narzullayevich Toʻrayev
Tavallud sanasi 30-mart 1988-yil (1988-03-30) (37 yosh)
Tavallud joyi

Xovos tumani, Sirdaryo viloyati,

Oʻzbek SSR
Boʻyi 176 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Laqabi “Lutpi”
Vazni 73 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi
Raqami Murabbiy
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Mashʼal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2008 Mashʼal 97 (2)
2009—2011 Nasaf 73 (4)
2011—2013 Bunyodkor 49 (9)
2014—2015 Lokomotiv 52 (6)
2015—2016 FELDA United F.C. 16 (8)
2016–2017 Terengganu FC 10 (4)
2017—2018 OKMK 41 (1)
2019—2021 Bunyodkor 70 (4)
2022—2023 Neftchi 33 (3)
Milliy terma jamoa
Oʻzbekiston U-20 17 (5)
Oʻzbekiston U-23 12 (2)
2010—2021 Oʻzbekiston 26
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
Yopish

Faoliyati

Lutfulla Toʻrayev professional futboldagi ilk faoliyatini 2004-yili tugʻilib oʻsgan shahri Muborakning Mashʼal futbol klubida boshlagan. Ushbu klub tarkibida u 2008-yilgacha toʻp suradi va jaʼmi 97 ta uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 2 marta isgʻol qiladi. 2009-yilning boslarida u Qarshining Nasaf klubi bilan shartnoma tuzadi va 2011-yilning oxirigacha ushbu klub tarkibida oʻynaydi[1]. 2011-yili u Nasaf tarkibida AFC kubogi musobaqasining gʻolibi boʻladi. Qarshi jamoasida jaʼmi 73 ta oʻyinda maydonga tushadi va 4ta gol uradi.

Lutfulla Toʻrayev 2012-yilning yanvar oyida oʻzbek futbolining grand klublaridan biri Toshkentning Bunyodkor klubi bilan shartnoma tuzadi.[2] U Bunyodkor tarkibida 2 mavsum oʻynaydi 49 ta oʻyinda jamoa sharafini himoya qilgan boʻlsa raqiblar darvozasiga 9 ta gol kiritadi. U 2014-yili Toshkentning yana bir jamoasi Lokomotiv bilan shartnoma imzolaydi va hozrga qadar ushbu klub safida oʻynamoqda. Shu vaqtga qadar u Lokomotiv tarkibida 27 ta oʻyinga maydonga tushib 2 marta gol urgan. 2017-yilgi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ jamoasiga oʻtgan[3]. 2019-yilgi mavsumda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga qaytdi va 3 mavsum davomida Toshkent klubida oʻynadi[4][5]. 2022-yil Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[6]. 2023-yil mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunladi va Vitaliya Levchenko bosh murabbiyligidagi „Neftchi“ jamoasida murabbiylik faoliyatini boshladi.

Terma jamoadagi faoliyati

Lutfulla Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi tarkibidagi ilk debyut oʻyinini 2010-yilning 25-may kuni Armaniston terma jamoasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan.

2015-yili Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiyi Mirjalol Qosimov uni AFC Osiyo kubogi 2015 musobaqasida qatnashish uchun tarkibga jalb qiladi va ushbu musobaqada bitta yaʼni chorak finalda Janubiy Koreya termasiga qarshi kechgan oʻyinda maydonga tushadi[7][8].

Yutuqlari

Mashʼal tarkibida

  • 2Kumush medal sovrindori Oʻzbekiston vitse chempioni: 2005
  • 3Bronza medali sohibi Oʻzbekiston chempionati bronza medali sohibi: 2007
  • 2Kumush medal sovrindori Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2006

Nasaf tarkiibida

  • 2Kumush medal sovrindori Oʻzbekiston vitse chempioni: 2011
  • 3Bronza medali sohibi Oʻzbekiston chempionati bronza medali sohibi: 2009, 2010
  • 2Kumush medal sovrindori Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2011
  • 1Chempion Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2011

Bunyodor tarkibida

  • 1Chempion Oʻzbekiston chempioni: 2013
  • 2Kumush medal sovrindori Oʻzbekiston vitse chempioni: 2012
  • 1Chempion Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2012, 2013

Lokomotiv Toshkent tarkibida

  • 1Chempion Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014
  • 2Kumush medal sovrindori Oʻzbekiston vitse chempioni: 2014
  • 2Kumush medal sovrindori Oʻzbekiston superkubogi finalchisi: 2014
  • 1Chempion Oʻzbekiston superkubogi gʻolibi: 2014

Statistikalari

Soʻnggi maʼlumotlar 2015-yil 22-mart kunidan olingan.[9]

Batafsil maʼlumot Klub, Mavsum ...
Klub Mavsum Isht Gol
Mashʼal 2004 141
2005 100
2006 211
2007 250
2008 270
Umumiy 972
Nasaf 2009 281
2010 241
2011 212
Umumiy 734
Bunyodkor 2012 252
2013 247
Umumiy 499
Lokomotiv 2014 252
2015 20
Umumiy 272
Yopish

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.