Koreyslar qadimgi xalqlardan biri hisoblanadi. Etnogenezi olimlar bu borada fikr bildirganda, koʻproq koreyslarning irsiy xususiyatlaridagi qadimgi asoslar bilan birga ularning etnos sifatida shakllanishiga ham eʼtibor qaratadilar. Dunyoning koʻplab hududlarida asrlar davomida bir xalq boshqasi bilan qoʻshilib, qoʻshni xalqlar yoki bosqinchilar bilan aralashishi natijasida yangi etnik komponentlarning paydo boʻlishi yoki transformatsiyalashuvi sodir boʻlgan. Bir necha qabilalar va xalqlarning boshqa xalqlar yoki etnik guruhlar bilan qorishuvi natijasida keyingi avlodlar uzoq ajdodlar bilan tashqi antropologik qiyofasi, tili va madaniyatidagi umumiylikni yoʻqotgan. Bu borada koreyslarning oʻziga xos xususiyati shundaki, ular uzoq vaqt Koreya yarim orolida dunyodan uzilgan holda yashaganlar. Shu bois yarim orol etnik jihatdan bir xalqdan iborat boʻlib, ulaming etnogenezi qadimgi davrlarda yakunlangan. Bundan tashqari, Koreyaning milliy davlat sifatida shakllanishi ham Yevropa va Osiyoning bir qator davlatlariga qaraganda birmuncha avval sodir boʻlgan boʻlib, bunga ham koreyslarning izolyatsiyalashgan hududda yashashi hamda etnik bir xilligi sabab boʻlgan. Umuman olganda, koreyslar etnogenezi muammosi borasida quyidagilarni taʼkidlab oʻtish mumkin:

a) koreys xalqining etnogenezi jarayoni qadimgi davrda (taxmi- nan neolit davrida boshlanib, bronza va temir asrida tugallangan) yuz bergan;

b) bu jarayonda Osiyoning turli hududlarida yashagan qabilalar ishtirok etgan;

v) mazkur qabilalar turli koʻchishlar vaqtida tarqoq qabilalar sifatida yarim orolga kirib kelganlar;

g) koreyslarning etnos sifatida shakllanishiga qabilalaming oʻzaro qorishuvi taʼsir qilgan;

d) turli qabilalaming koreyslar etnogenezidagi oʻrnini bir xil tarzda baholab boʻlmaydi.

Koreyslarning qayerdan kelib chiqqanligini bilish uchun, avvalo ulaming antropologik qiyofasi, tili va madaniyatiga eʼtibor qaratish lozim. Til tasnifi boʻyicha, koreys tili oltoy tillari oilasiga mansub boTib, bu oilaga turk, moʻgʻil, tungus-manjur boTimi, shuningdek, yapon tillari kiradi. Baʼzi adabiyotlarda esa bu tilni oʻrol-oltoy tillar oilasi deb ham yuritiladi. Antropologik tasnifga koʻra, koreyslar mongoloid irqining Sharqiy Osiyo shoxobchasidagi manjur-koreys tipiga kiradi. Bu irq neolit davrida manjur-koreys tipi, paleoosiyoWk- laming Tinch okean (avstroneziyaliklar) va kontinental hududlarda yashovchi mongoloidlar bilan qorishuvi natijasida paydoboTgan. Paleoosiyoliklar Shimoliy va Shimoli Sharqiy Osiyoning qadimgi aborigen xalqlari boTib, ular Shimoliy va Shimoli-Sharqiy Sibir, Kuril orollari, Saxalin va Yaponiyada yashaganlar. Ularga nivxlar, eskimoslar, yukagirlar, ketlar, aleutlar va aynlar kiradi. Shu bilan bir qatorda chukchalar, koryaklar, itelmenlar ham mazkur guruhga mansub b’lib, ular shimoli-sharqiy paleoosiyolik guruhini tashkil etadi.

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.