Cleveland
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Klivlend (inglizcha: Cleveland) - AQShning Ogayo shtatida joylashgan shahardir. Kayaxoga okrugi tarkibiga kiradi. Ogayo shtatida, Eri koʻlining jan. sohilida. Mamlakatning muhim sanoat, moliya va yirik madaniy markazlaridan biri. Aholisi 478 ming kishi (2000). Shahar orqali Atlantika okeani soqilini Detroyt va Chikago shaharlari bilan bogʻlovchi asosiy temir yoʻl va shosse magistrallari oʻtgan. Xalqaro aeroport bor. K. — Buyuk koʻllar sistemasidagi eng katta port. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: qora metallurgiya, metallsozlik, kimyo, umumiy mashinasozlik, elektrotexnika va radioelektronika. Qurilish materiallari va port uskunalari, stanok va uskunalar, raqsta va samolyot qismlari, sanoat va maishiy elektr jihozlari, yoʻl-qurilish mashinalari, konchilik, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati uchun jihozlar, dori-darmon ishlab chiqariladi. Poligrafiya, tikuvchilik, oziq-ovqat, neftni qayta ishlash, kemasozlik korxonalari mavjud. Shaharda bir necha oliy oʻquv yurti, jumladan, universitet (1826), ilmiy tadqiqot markazlari, muzeylar, teatrlar bor. K.ga 1796-yilda asos solingan.[1]
Klivlend | |
---|---|
Shahar | |
41°28′56″N 81°40′11″W | |
Mamlakat | AQSh |
Shtat | Ogayo |
Okrug | Kayaxoga |
Hukumat | |
• Mer | Frenk G. Jekson (D) |
Maydon | 2,134 km2 (824 kv mi) |
Dengiz sathidan balandligi | 199 m |
Aholisi (2011) |
393,806 (US:47th) |
Vaqt mintaqasi | UTC-4, yozda UTC-3 |
Telefon kodi | 216 |
FIPS kodi | 39-16000 |
|
393,806(US:47th) nafar aholi istiqomat qiladi (2011).[2]
Maydoni — 213,4 km2. Shundan 200,9 km2 quruqlik, 12,5 km2 esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 199 m balandlikda joylashgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.