Remove ads
Islandiyaning 28-bosh vaziri From Wikipedia, the free encyclopedia
Katrín Jakobsdóttir (islandcha talaffuzi: ˈkʰaːtʰrin ˈjaːkʰɔpstouhtɪr; 1-fevral 1976) – islandiyalik soʻl siyosatchi, jurnalist va oʻqituvchi. 2017-yil 30-noyabrdan beri Islandiya Bosh vaziri. 2009-2013-yillarda Islandiya Taʼlim, fan va madaniyat vaziri[1][2][3].
Katrín Jakobsdóttir | |
---|---|
Islandiya Bosh vaziri | |
Mansab davri 2017-yil 30-noyabrdan | |
Prezident | Guðni Jóhannesson |
Oʻtmishdoshi | Bjarni Benediktsson |
Yashil harakat rahbari | |
Mansab davri 2013-yil 24-fevraldan | |
Oʻtmishdoshi | Steingrímur J. Sigfússon |
Islandiya fan, ta’lim va madaniyat vaziri | |
Mansab davri 2009-yil 2-fevraldan – 2013-yil 23-maygacha | |
Hukumat boshligʻi | Jóhanna Sigurðardóttir |
Oʻtmishdoshi | Þorgerður Katrín Gunnarsdóttir |
Vorisi | Illugi Gunnarsson |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-fevral 1976-yil Reykyavik |
Turmush oʻrtogʻi | Gunnar Örn Sigvaldason |
Bolalari | 3 |
1976-yil 1-fevralda Reykyavikda tugʻilgan. Islandiya ziyolilari oilasidan boʻlib, oila mamlakatga bir nechta taniqli yozuvchilar, olimlar, muhandislar va siyosatchilarni taqdim etgan. Otasi Yakob Ermannson (1939-1996) oʻqituvchi va bankir, onasi Signy Thoroddsen (1940-2011) psixolog boʻlgan. Uning singlisi va katta akalari ham gumanitar fanlarni oʻrganishgan. Uning buvisi Theodóra Thoroddsen[is] (1863-1954) yozuvchi, amakisi Dagur Sigurðarson[is] (1937-1994) shoir, rassom va tarjimon[4].
Islandiya universitetida oʻqigan, 1999-yilda filologiya boʻyicha bakalavr darajasini, island va fransuz tillarini oʻrgangan. 2004-yilda shu universitetda island adabiyoti boʻyicha mashhur island detektiv yozuvchisi Adnaldur Indridason ijodiga bagʻishlangan magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgan[5]. Talabalik yillarida Islandiyaning „Bang Gang“ hind-pop guruhi uchun videotasvirda suratga tushgan.
1999-yildan 2003-yilgacha Islandiya jamoat teleradiokompaniyasi (RÚV) davlat xizmatlari axborot agentligida til boʻyicha maslahatchi boʻlib yarim vaqtda ishlagan. Keyin 2004-yildan 2006-yilgacha televidenie va turli bosma ommaviy axborot vositalarida mustaqil jurnalist boʻlib ishlagan, shuningdek, 2004-yildan 2007-yilgacha uzluksiz taʼlim boʻyicha oʻqituvchi boʻlib ishlagan. Edda[is] va JPV[en] nashriyotlari tahririyatida ishlagan (2005-2006)[6].
2006-2007-yillarda Islandiya va Reykyavik universitetlarida dars bergan[7].
2007-yildan beri Reykyavik Shimoliy saylov okrugidan Alting (Islandiyaning bir palatali parlamenti) deputati. 2007-2009-yillarda „Soʻl-yashillar harakati“ning parlamentdagi fraksiyasini boshqargan[8].
2009-yilgi parlament saylovlaridan soʻng „Soʻl-yashillar harakati“ sotsial-demokratlar va „Soʻl-yashillar“ koalitsion hukumatiga kirdi. Katrin Yakobsdottir 2009-yil 2-fevraldan 2013-yil 23-maygacha Taʼlim, fan va madaniyat vaziri va Shimoliy hamkorlik vaziri lavozimlarida ishlagan[9][10]. 2011-yil 31-maydan 31-oktyabrgacha tugʻruq taʼtilida boʻlgan va uning oʻrniga Islandiya atrof-muhit vaziri Svandis Svavarsdottir tayinlandi[11].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.