Silva Kaputikyan
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kaputikyan Silva (Sirvard) Barunakovna (1919.01.20, Yerevan - 2006.08.26) — arman shoirasi. Birinchi sheʼriy toʻplami — "Shu kunlarda" (1945). "Zanga sohillarida" (1947), "Mening qarindoshlarim" (1951), "Oq yoʻl" (1954), "Samimiy suhbat" (1955), "Sheʼrlar" (1959), "Yarim yoʻldagi oʻylar" (1960), "Kutish vaqti" (1983), "Tashvishli yoʻllar" (1985) va b. sheʼriy hamda nasriy asarlar muallifi. Kaputikyan sheʼrlarida oddiy kishilarning qalb kechinmalari, sevgi iztiroblari, sadoqat tuygʻulari samimiyat bilan kuylangan ("Sevgi qoʻshiqlari", "Men va u", "Sadoqat" va boshqalar). "Karvonlar hamon yoʻlda" (1964), "Xaritalar yoki odamlar meridiani" (1976) romanlarida xorijdagi armanlar hayoti tasvirlangan. Kaputikyanning sheʼrlari Zulfiya tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. U oʻzbek shoirlari bilan yaqin ijodiy aloqada boʻlgan.
Manbalar
- Sheʼrlar, T., 1961.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() |
Wikimedia Commonsda Category:Silva Kaputikyan mavzusiga oid fayllar bor. |
![]() |
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.