From Wikipedia, the free encyclopedia
Jayralar (Hystricidae) — kemiruvchi sut emizuvchilar turkumining bir oilasi. Tanasining uz. 90 sm gacha, ogʻirligi 15 kg cha. Usti va yonlari uz. 40 sm gacha boʻlgan uzun, qattiq jun, qorin tomoni qattiq qillar bilan qoplangan. 10 ga yaqin turni oʻz ichiga olgan 4 urugʻdan iborat. Afrika, Jan. Yevropa, Jan. va Gʻarbiy Osiyoda uchraydi. Hystrix hirsutirostris Kavkaz, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda yashaydi. J. togʻ va togʻ etaklarida, tekisliklardagi soy va jarliklarda, aholi punktlariga yaqin joylarda chuqur uya qazib yashaydi. Bahorda uchpaydi, 2—4 ta bola tugʻadi. Qishda oʻsimliklarning piyozi, ildizpoyasi va urugʻi, koʻklamda oʻt, yozda makkajoʻxori, tarvuz, qovun, uzum, toʻkilgan mevalar bilan oziqlanadi. J. ekinlar zararkunandasi hisoblanadi. J.ning goʻshti yeyiladi.[1]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.