Yamayka — Vest-Indiyadagi davlat. Yamayka orolida va unga yondosh bir necha mayda orollarda joylashgan. Maydoni: 11,5 ming km². Aholisi 2,68 mln. kishi (2002). Poytaxti — Kingston shahri Maʼmuriy jihatdan 3 graflikka bo‘lingan.[1]
Yamayka Jamaica
| |
---|---|
Shior: Out of many, one people Inglizcha: Koʻplardan, Bitta Xalq | |
Madhiya: Jamaica, Land We Love | |
Poytaxt | Kingston |
Rasmiy til(lar) | Ingliz tili |
Hukumat | Hamdoʻstlik |
• Rohib |
Yelizaveta II |
• Gubernator-General |
Kenneth Hall |
• Bosh Vazir |
Portia Simpson Miller |
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan) | |
• Sana |
6-avgust 1962 |
Maydon | |
• Butun |
10,991 km2 (166-oʻrin) |
• Suv (%) |
1.5 |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
2,731,832 (137-oʻrin) |
• Zichlik | 248/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$11,560 mil. (134-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$4,232 |
Pul birligi | Yamayka Dollari (JMD) |
Vaqt mintaqasi | UTC–5 |
UTC–5 | |
Qisqartma | JM |
Telefon prefiksi | 1-876 |
Internet domeni | .jm |
|
Davlat tuzumi
Ya. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1962 yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qirolichasi, uning nomidan davlatni generalgubernator boshqaradi. Qirolicha generalgubernatorni mamlakat bosh vaziri tavsiyasi bilan tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (senat va vakillar palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
Tabiati
Ya.ning katta qismini ohaktoshli plato (bal. 500–1000 m) egallagan; sharqiy qismida BluMuantin togʻlari bor. Janubiy va gʻarbiy sohillari kambar allyuvial pasttekislik. Janubiy sohillarda qulay gavanlar bor. Qaynoq radioaktiv va termal oltingugurtli buloqlar mavjud. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi (1692 va 1907 yillarda fojiali boʻlgan). Boksit, temir va marganets ruda konlari bor. Iqlimi tropik passatli iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 24—25°, iyulniki 26—27°. Yillik yogʻin janubida 800 mm, togʻlarda 5000 mm gacha. Kuchli boʻronlar boʻlib turadi. Tuproqlari togʻ jigarrangqizil va qizilqoʻngʻir tuproqlar. Eng yirik daryosi — BlekRiver. Mamlakat markazidagi plato va sharqdagi togʻ yon bagʻirlari doim yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Orolning gʻarbiy va janubiy qismidagi tekisliklarda savanna oʻsimliklari oʻsadi. Hayvonot dunyosi nisbatan kambagʻal. Mayda kemiruvchi hayvonlar, qushlar, koʻrshapalaklar uchraydi. XeltshirXils rezervati, 2 dengiz parki bor.
Aholisi
Aholisining asosiy qismi (80%) yamaykaliklar (aksariyati negr va mulatlar); hind, xitoy, inglizlar ham yashaydi. Rasmiy til — ingliz tili. Shahar aholisi 50,2%. Dindorlarning aksariyati — protestantlar. Yirik shaharlari: Kingston, SpanishTaun.
Tarixi
Ya.da qadimdan indeyslarning aravak til oilasiga mansub qabilalari yashab kelgan. Orolga yevropaliklardan dastlab 1494 yil X. Kolumb ekspeditsiyasi borib tushgan va uni SantYago deb atagan. Keyinchalik indeyscha "Xaymaka" ("buloqlar oroli", "Yamayka") deb nomlangan. 1508 yildan ispanlar Ya.ni oʻz mustamlakasiga aylantirib mahalliy aholi (aravaklar)ni butunlay qirib tashladi. 1513 yildan shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun Afrikadan qullar olib borildi. 1655 yil Ya.ni inglizlar bosib oldi (1670 yil rasmiy ravishda Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylantirildi). Inglizlar Ya.ni qul savdosining yirik markazlaridan biriga aylantirdilar. 1823—24 va 1831—32 yillardagi qullarning ommaviy harakati natijasida 1833 yil quldorlik bekor qilindi (1838 yil toʻliq bekor qilindi). 1958 yildan Ya. Buyuk Britaniya tomonidan tashkil etilgan VestIndiya Federatsiyasi tarkibida boʻdsi. 1959 yil Ya. ichki oʻzinioʻzi boshkarish huquqini qoʻlga kiritdi. 1961 yil federatsiya tarkibidan chiqsi. Ya. 1962 yil 6 avgustda mustaqillikka erishdi. 1962 yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 yil 6 yanvarda tan olgan. Milliy bayrami — avgustning birinchi dushanbasi — Mustaqillik kuni (1962).
Asosiy siyosiy partiya va kasaba uyushmalari. Ya. leyboristlar partiyasi, 1943 yil tuzilgan; Xalq milliy partiyasi, 1938 yil asos solingan. Ya. kasaba uyushmalari kongressi; Ya. milliy ishchilar ittifoqi, 1972 yil tashkil etilgan; Bustamante sanoat ishchilari kasaba uyushmalari, 1938 yil tuzilgan.
Xoʻjaligi, iqtisodiyot va transporti
Ya. — agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda kon sanoati 7,2%, qayta ishlash sanoati 20.1%, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliq ovlash 9,4% ni tashkil etadi. Iqtisodiyotining asosi eksport uchun boksit qazib olish va giltuproq ishlab chiqarish.
Sanoatida boksit qazib olish va gultuproq ishlab chiqarish milliy kompaniyalar tomonidan AQSH va Kanada sarmoyasi ishtirokida amalga oshiriladi. Qandshakar, rom, tamaki, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish rivojlangan; xorijdan keltiriladigan neftni qayta ishlash, sement ishlab chiqarish, kimyo, farmatsevtika korxonalari bor, elektron apparatlar yigʻadigan zd ishlaydi. Yiliga oʻrtacha 3,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Xorijiy sayyohlik rivojlangan.
Qishloq xoʻjaligida eksport uchun shakarqamish, banan, sitrus mevalar, kofe, kakao, qalampir, tamaki yetishtiriladi. Ichki ehtiyoj uchun batat, maniok, sholi, makkajoʻxori ekiladi. Chorvachilik sust rivojlangan. Asosan, qoramol, choʻchqa, echki boqiladi, baliq ovlanadi.
Avtomobil yoʻllari uzunligi 18,6 ming km, temir yoʻllar uzunligi 200 km. Asosiy dengiz porti va xalqaro aeroporti — Kingston.
YA. chetga boksit, giltuproq, banan, qandshakar, rom, tamaki, sitrus mevalar chiqaradi. Chetdan yoqilgʻi, xom ashyo, sanoat jihozlari, transport vositalari, oziq-ovqat va isteʼmol mollari oladi. Tashqi savdoda AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — Yamayka dollari.
Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari
Vrachlar Kingston yaqinidagi VestIndiya universitetining tibbiyot fakultetida tayyorlanadi. 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Boshlangʻich maktablarda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktablarda 7 yil Xususiy oʻquv yurtlari ham bor. Oʻqish ingliz tilida. Hunartexnika taʼlimi toʻliqsiz oʻrta maktab negizida olib boriladi. Kingston shahri yaqinida VestIndiya universiteti (1948 yil tashkil etilgan), Kingstonda gumanitar va tabiiy fanlar hamda texnologiya kolleji, SpanishTaunda qishloq xoʻjaligi maktabi bor. Ilmiy muassasalari: Ya.ni oʻrganish instituti (1879), ilmiy tekshirishlar kengashi (1960), rejalash boshqarmasi, tibbiyot assotsiatsiyasi, tibbiy tadqiqotlar laboratoriya (hammasi Kingstonda), Karib ovqatlanish instituti (1967, Mona qishlogʻida) va boshqalar Kingstonda Ya. kutubxona xizmati (1948), maktab kutubxonalari xizmati, Mona qishlogʻida universitet kutubxonasi (1948) va kollej kutubxonasi bor. Kingstonda tarix, tibbiyot tarixi, badiiy muzeylar, SpanishTaunda xalq muzeyi mavjud.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi
Ya.da bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Asosiylari: "Deyli gliner" ("Kundalik xabarchi", kundalik gazeta, 1834 yildan), "Deyli star" ("Kunduzgi yulduz", kundalik kechki gazeta, 1951 yildan), "Karibian chellendj" ("Karib chaqirigʻi", oylik jurnal, 1957 yildan), "Sandi gliner" ("Yakshanba xabarchisi", "Deyli gliner" gaz. ilovasi). "Djampress" hukumat axborot agentligi 1984 yil tashkil etilgan. "Televiji Djamayka limited" radiotelevideniye xizmati, 1959 yil tuzilgan. Ya. radiosi tijorat xizmati boʻlib, 1947 yil asos solingan. Yana bir qancha tijorat radiostya mavjud.
Adabiyoti
Adabiyoti ingliz va kreol tillarida rivojlanmoqda. Luiz Bennetning kreol tilida yaratgan sheʼrlari mashhur. Ingliz tilidagi adabiyot 18-asrda vujudga kelgan. T. Redkam (1870—1933) sheʼr va pyesalari, G.J. De Lisser (1878—1944) romanlarida milliy mavzu oʻz aksini topdi. Bu davrda shoir K.MakKey (1890—1948) mashhur boʻlgan. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) dan keyin adabiyotning yuksalish davri boshlandi. Ijtimoiy mavzuda R.Meysning "Insonaka" (1954), "Qora chaqmoq" (1955) nomidagi dastlabki romanlari, "Yangi kun" (1949) qissasi, V.Ridning "Qoplon" (1958) qissasi yuzaga keldi. Milliy ozodlik kurashi mavzusi J.Xirnning "Deraza yaqinidagi tovush" (1955), "Yashash mumkin boʻlgan mamlakat" romanlaridan oʻrin egalladi. O.Pattersonning "Xarobalar yoʻq" (1967), "Sizif farzandlari" (1968) romanlari zamonaviylikka, "Jon fido qil, uzoq kun" (1972) tarixiy romani 18-asrdagi Ya. hayotiga bagʻishlangan. K.Tompson, E.Solki, P.O.Robinson, D.Xaynde va boshqalar hikoya janrida samarali ijod qildilar. Ya.da birinchi sheʼriy antologiya 1929 yil nashrdan chiqqan. Shoirlardan U.E.Roberts, F.Sherlok mashhur boʻlgan. Ularning sheʼrlaridagi vatan mavzuini shoirlar V.Virtyu, D.Kempbell, X.Karberi, M.Morris, D.Skott, A.Maknis va boshqalar davom ettirdilar. T.Ronning pyesalari mashhur.
Maʼmorligi va tasviriy sanʼati
Ya. sanʼatida Yevropa, ayniqsa ingliz madaniyatining kuchli taʼsiri Afrika xalqlari anʼanalari bilan qoʻshilib ketgan. 17— 19-asrlarda shaharlarda ingliz meʼmorligi uslubida toʻgʻri burchakli 1 qavatli tosh va gʻisht imoratlar qurildi (SpanishTaundagi SentKetrin sobori, 1655; Kingstondagi Rokfort qalʼasi, 17asr oxiri — 19-asr; Kingstondagi shtab binosi, hozirgi hukumat saroyi, 18-asr). Xalq turar joylari 2 qavatli metall bezakli yogʻoch uylar (verandasi bilan) boʻlgan. Boylarning shahar yaqinidagi uylari amerika "mustamlakachilik uslubi"da barpo etilgan. 20-asrning oʻrtalaridan zamonaviy koʻp qavatli binolar qurila boshladi (VestIndiya universiteti binosi, Kingstondagi Nennivill turar joy massivi).
20-asr oʻrtalaridan professional tasviriy sanʼat rivojlandi. Oddiy kishilar hayoti, mamlakatdagi ijtimoiy ziddiyatlar tasviriy sanʼat ustalari asarlarida oʻz ifodasini topmoqda. Rassomlardan A.Xyu, R.Kempbell, D.Pottinger, L.Morris, haykaltaroshlardan E.Menli, N.Roy mashhur. Ya.da yogʻoch oʻymakorligi, kandakorlik kabi anʼanaviy xalq hunarmandchiligi rivojlangan.
Manbalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.