From Wikipedia, the free encyclopedia
Istiora (arabchadan „qarzga olish“) yoki metafora (yunonchadan „koʻchirish“) — asarlarda soʻzni oʻz maʼnosidan boshqa bir maʼnoda, yaʼni majoziy maʼnoda qoʻllash sanʼati. Bu sanʼat soʻz maʼnolari koʻchishining bir turi boʻlib, u narsa va hodisalar oʻrtasidagi oʻxshashlikka asoslanadi. Shu jihatdan istiora tashbih sanʼatiga yaqin turadi. U koʻpincha tashbihi kinoyaga, yaʼni mushabbihi tushirilgan tashbihga teng keladi. Adabiyotshunoslikda istiora tashbihdan kuchli sanaladi.
Istiora — badiiy tasvir vositasi, koʻchim. Istiora 2 narsa oʻrtasidagi oʻxshashlikka asoslanadi. U oʻxshatilgan va oʻxshagan unsurlardangina tashkil topadi. Mas, sarv qomat, ohu koʻz. Istiorada sher, yoʻlbars va boshqa kuchli, jasoratli hayvonlarga xos ayrim xususiyatlar, oq, qora sifatlaridagi yaxshilik, yomonlik maʼnolari insonlarning ayrim hislatlarini taʼkidlab koʻrsatish uchun koʻchiriladi (sher yurak, oq koʻngil, qora qalb va hokazo).
Istiora badiiy asarlarda aks etayotgan narsa, voqea, hodisalarning aniq, ravshan gavdalanib turishida, obrazlar tavsiflarining yorqin berilishida, asar joziba kuchining oshishida nihoyatda muhim oʻrin tutadi. Istioraning 2 turi mavjud: 1) ochiq istiora. Masalan, „Mening qoʻlim yetmagan yulduz, Tushlarimda seni koʻrgayman“ (Abdulla Oripov). Bunda sevimli yor — maʼshuqa „yulduz“ga oʻxshatilgan. Oʻxshagan tushirib qoldirilgan, oʻrniga oʻxshatilgani berilgan; 2) yopiq istiora. Masalan, „Qolgan soʻzlar tutqizmadi oʻz baridan“ (G'.G'ulom). Bunda „soʻzlar“ odamga oʻxshatilgan. Oʻxshatilgan tushirib qoldirilgan va oʻxshagan berilgan.
Alisher Navoiyning „Furqatingdin zaʼfaron uzra toʻkarmen lolalar, Lolalar ermaski, bagʻrimdin erur pargolalar“ baytidagi „sariq yuz“ maʼnosidagi „zaʼfaron“ soʻzi sodda istioraga, „qonu yosh toʻkaman“ maʼnosidagi „toʻkarmen lolalar“ iborasi murakkab istioraga misol boʻla oladi.
Yana boshqa misollar:
Bunda Lochin — kapitan Gastello, quzgʻunlar — fashistlar maʼnosida ishlatilgan.
Bu yerdagi ipak gazmol — taklif, tikan — rad etishdir.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.