From Wikipedia, the free encyclopedia
Hukm, muhokama (mantiqda) — predmetga maʼlum bir belgi (xossa, munosabat) xosligi yoki xos emasli-gini ifodalovchi tafakkur shakli. Hukm nisbatan tugal fikr boʻlib, unda predmet bilan uning aniq belgisi haqidagi bilim ifodalanadi. Hukmlar toʻgʻri (chin) yoki xato (yolgʻon) yoxud noaniq (taxminiy) boʻlishi mumkin. Hukmlar obyektiv voqelikka mos kelsa toʻgʻri (chin), mos kelmasa xato (yolgʻon) hisoblanadi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab boʻlmaydigan hukmlar noaniq hukmlar deyiladi. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Hukmlar tuzilishiga koʻra oddiy va murakkab boʻladi. Oddiy hukm deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib boʻlmaydigan mulohazaga aytiladi. Oddiy hukm tarkibi 3 boʻlak: mantiqiy ega — subʼyekt (5), mantiqiy kesim — predikat (R) va mantiqiy bogʻlovchidan iborat. Mantiqii ega fikr qili-nayotgan predmet va hodisani, man-tiqiy kesim predmetga xos xususiyatni bildiradi. Mantiqiy bogʻlovchi ("...dir", "emas") predmetdagi xususiyatni tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Oddiy qatiy hukmning formulasi; 8— R (emas). Oddiy hukmlar sifatiga koʻra tasdiqlovchi va inkor etuvchi, haj-miga koʻra yakka, umumiy va juzʼiy hukmlarga boʻlinadi. Oddiy qatʼiy hukmlar sifati va hajmiga koʻra 4 turga boʻlinadi: 1) umumiy tasdiq hukm (A) "hamma 5—R dir"; 2) umumiy inkor hukm (Ye) "hech bir 8—R emas"; 3) juzʼiy tas-diq hukm (I) "baʼzi 5—R dir"; 4) juzʼiy inkor hukm (O) "baʼzi 3—R emas" formulasi orqali ifodalanadi. Predikatning mazmuniga koʻra atributiv, mavjudlik va munosabat hukmlari farqlanadi. Murakkab hukm deb tarkibida 2 yoki undan ortiq oddiy hukm boʻlgan mulohazalarga aytiladi. Murakkab hukmlar "va", "yoki", "agar... unda" kabi mantiqiy bogʻlovchilar, inkor qilish va modal terminlarni qoʻllash orqali 2 va undan ortiq oddiy hukmlarning oʻzaro birikishidan hosil boʻladi. Mantiqiy bogʻlovchining mazmuniga koʻra murakkab hukmlarning quyidagi asosiy turlarini farq qilish mumkin: 1) birlashtiruvchi (konʼyunk-tiv) hukm — a l v. Mas, oʻz tilini va madaniyatini yoʻqotgan millat oʻzligidan judo boʻladi; 2) aiiruvchi (dizʼyunktiv) hukm — a V v. Mas, oʻsimliklar bir yillik yoki koʻp yillik boʻladi; 3) shartli (implikativ) hukm — a —> v. Mas, agar inson maqsad sari intilsa, u albatta maqsadiga erishadi; 4) ekvivalentlik hukmi — a=v. Mas, agar bu geometrik figura uch-burchak boʻlsa, unda uning burchaklarining yigʻindisi 180 boʻladi.
Hukmlar modalligiga koʻra aletik (zaruriy), epistemik (ishonchli bilim), deontik (majburiylik), aksiologik (baholash) va vaqt modalligini ifo-dalovchi turlarga boʻlinadi. Hukm tafak-kur shakli sifatida xulosa chiqarishning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi.
Dilbar Fayzixoʻjayeva.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.