From Wikipedia, the free encyclopedia
Arminiy Vamberi yoki German / Herman Vamberi (vengercha Ármin Vámbéry, nemischa Hermann Bamberger; 19-mart 1832, Nidermarkt — 15-sentyabr 1913, Budapesht) — sharqshunos, tilshunos olim, sayyoh va yozuvchi.
Vengriya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1861). Vengriya fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1861). Peshtda xonadon oʻqituvchisi boʻlgan (1852—56). Turkiya (Istanbul)da yashagan (1857—60). Vengriya fanlar akademiyasi homiyligida Eron va Turkis-tonga sayohat (1863-yildan) qilgan. V. darvesh (qalanlar) niqobi ostida Makkadan haj safaridan qaytayotgan mahalliy aholi guruhiga qoʻshilib Mozandarondan Bolxon koʻrfaziga keladi, soʻng Turkmaniston orqali Xiva va Qoʻngʻirotga oʻtadi. Qizilqumdan oʻtib Buxoro, Samarqand, Karki va b. shaharlarda boʻladi. Orqaga Hirot, Mashhad, Tehron va Istanbul boʻylab qaytadi. V. tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folklor, etn., tarix va geogr.ga oid asarlar muallifi („Nemischa-turkcha lugʻat“, 1858; „Nemischa-chigʻatoycha lugʻat“, 1860; „Movarounnahr yoki Buxoro tarixi“, „Mening hayotim“, „Sharq hayoti va urf-odatlari ocherklari“ va b.). „Chigʻatoy tili darsligi“ (1867) asarida V. turkiy xalqlar folkloriga oid 30 dan ortiq asar haqida maʼlumot bergan, ulardan parchalar keltirgan, shuningdek Navoiy, Fuzuliy, Nasimiy, Soʻfi Olloyor gʻazallaridan olingan namunalarni va 112 ta oʻzbek maqolini arab va lotin yozuvida keltirib, nemischa tarjimada bergan. Turkiy va nemis tillarini qiyosiy oʻrgangan.[1]
Istanbulda yashagan (1857-60). Vengriya fanlar akademiyasi homiyligida Eron va Turkistonga sayohat (1863-yildan) qilgan. Vamberi darvesh niqobi ostida Rashid afandi, Rashid xoji nomi bilan Makkadan haj safaridan qaytayotgan mahalliy aholi guruhiga qoʻshilib Mozandarondan Bolxon koʻrfaziga keladi, soʻng Turkmaniston orqali Xiva va Qoʻngʻirotga oʻtadi. Qizilqumdan oʻtib Buxoro, Samarqand, Karki va boshqa shaharlarda boʻladi. Orqaga Hirot, Mashhad, Tehron va Istanbul boʻylab qaytadi.Herman Vamberi Sulton Abdulhamid II ga aloqasi borligi aytiladi.
Vamberi tilshunoslik, adabiyotshunoslik, folʻklor, etnografiya, tarix va geografiyaga oid asarlar muallifi („Nemischa-turkcha lugʻat“, 1858; „Nemischa-chigʻatoycha lugʻat“, 1860; „Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi“, „Mening hayotim“, „Sharq hayoti va urf-odatlari ocherklari“ va boshqalar). „Chigʻatoy tili darsligi“ (1867) asarida Vamberi turkiy xalqlar folʻkloriga oid 30 dan ortiq asar haqida maʼlumot bergan, ulardan parchalar keltirgan, shuningdek Navoiy, Fuzuliy, Nasimiy, Soʻfi Olloyor gʻazallaridan olingan namunalarni va 112 ta oʻzbek maqolini arab va lotin yozuvida keltirib, nemischa tarjimada bergan. Turkiy va nemis tillarini qiyosiy oʻrgangan.
Mullo Isʼhoq (1836—1892) — Xorazmlik oʻzbek olimi, Arminiy Vamberining sherigi bolgan[2]. U 1864-yildan boshlab Vengriyadagi Akademiya kutubxonasida kutubxonachining yordamchisi sifatida ish boshladi.
1986-yil Turkiya, Vengriya va Tojikiston kinematograflari tomonidan Vamberining hayoti, xususan uning „Soxta darvishning Oʻrta Osiyoga sayohatlari“ nomli asari asosida „Oqsoq darvish“ filmi yaratildi. Valeriy Axadov va Yojef Kish rejissorligidagi ushbu fil’m Tugʻro-film (Turkiya), Xungarofilm, Mafilm (Vengriya), Tojikfilm kinostudiyalari mahsuloti. Filmda Shuhrat Ergashev, Sanʼat Devonov, Inogʻom Odilov kabi oʻzbek aktyorlari ham suratga tushishgan. Film premyerasi 1988-yil aprel oyida Moskvada boʻlib oʻtgan.
Arminiy Vamberi bir necha yillar mobaynida ingliz elchixonasida ham ishlaydi va Abdulhamid II bilan uchrashgani haqida ma'lumotlar bor.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.