From Wikipedia, the free encyclopedia
Halim Haydarovich Usmonxoʻjayev (1919.20.11 Toshkent 1993.9.4) - mexanika sohasidagi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1984). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980). Toshkent toʻqimachilik institutini tugatgan (1950). Shu intda ilmiy tadqiqot sektori boshligʻi (1950—52), assistent (1951 — 52), oʻqituvchi (1954—57), dekan (1958-61), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida oʻzi tashkil qilgan mexanizm va mashinalar nazariyasi laboratoriya mudiri (1961-yildan). Ilmiy ishlari, asosan, mashina agregatining dinamikasi, paxta terish va tozalash mashinalari, toʻqimachilik mashinalari nazariyasiga doyr. Usmonxoʻjayev rahbarligida paxta terish mashinalarining ish unumini oshiruvchi va paxtaning toʻkilishini kamaytiruvchi tarkibiy shpindel yaratilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan. Usmonxoʻjayev shpindel tishlari trayektoriyasiga qarab tezlik rejimini aniklashga imkon beruvchi "Universal epigipotsiklograf" asbobni yaratgan, paxta terish mashinasi unumdorligini oldindan aniqlash formulasini ishlab chiqqan. Usmonxoʻjayev gazlama toʻqish avtomat stanogi mokisi naychalarini almashtirishdagi energiyani aniklash asbobi va boshqa ixtirolar muallifi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1989).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.