Gradeskralove — Chexiyadagi shahar, Laba daryosi boʻyida. Sharqiy Chexiya viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 98 ming kishidan ziyod (2000). Yirik temir yoʻl tuguni va mashinasozlik (kimyo, gaz, shakarqand, vinochilik sanoati uchun uskunalar, dizellar, motorlar, krzonlar, qishloq xoʻjaligi mashinalari) markazi. Toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻn poyabzal, oynasozlik, mebelsozlik, oziq-ovqat (shakarqand, vino) sanoati rivojlangan, musiqa asboblari ishlab chiqariladi. G.-K.da tibbiyot va ped. institutlari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan gotika sobori (1306), cherkov (1666) saqlangan.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.