From Wikipedia, the free encyclopedia
Gobi katta jigarrang koʻrshapalagi (Eptesicus gobiensis) vesper koʻrshapalaklarning bir turi[2]. U Afg'oniston, Xitoy, Hindiston, Mo'g'uliston, Pokiston va Rossiyada uchraydi. Rossiya zoologi Professor Nikolay Alekseyevich Bobrinski birinchi Gobi sahrosidan va Oltoy togʻlaridan topilgan tur namunalarini oʻrganib 1926-yilda ularni tasniflagan.
Gobi katta jigarrang koʻrshapalagi | |
---|---|
Muhofaza qilish holati | |
Ilmiy klassifikatsiya | |
Vakillik: | Hayvonlar |
Filum: | Chordata |
Sinf: | Sutemizuvchilar |
Oila: | Vespertilionidae |
Gen: | Eptesicus |
Tur: | E. gobiensis |
Binomial nomi | |
Eptesicus gobiensis Bobrinski, 1926-yil | |
Koʻrshapalak tana uzunligi 57 to 65 millimetr (2.2 to 2.6 in)atrofida, orqa tomonidagi moʻynasi qizgʻish-sariq, tuklarning asoslari toʻq jigarrang, pastki qismidagi moʻynasi esa jigarrang oq rangga ega. Yuqori jagʻning ichki tishlari tashqi tomondan ancha yuqorida joylashgan[3].
Gobi katta jigarrang koʻrshapalagining vatani Markaziy Osiyo hisoblanadi. Uning parvoz oraligʻi Shimoliy Erondagi Alborzdan, Qozogʻiston, Afgʻoniston, Shimoliy Hindiston, Mo'g'uliston va Janubiy Sibirdagi Tuva orqali, Sharqiy Xitoyga tomon choʻzilgan. Odatda choʻl, chala choʻl va togʻli mintaqalarda yashaydi. U yolgʻiz yoki kichik guruhlarda, soyali joylarni, toshlardagi yoriqlarni yoki eski binolarning ichki qismlarini, baʼzan esa gʻorlarning tashqi qismlarini uya sifatida tanlashi mumkin, ammo daraxtlarda yashay olmaydi[1].
Boshqa vesper koʻrshapalaklar singari, bu ham hasharotxoʻr koʻrshapalak hisoblanadi va uning taomnomasida kapalaklar boʻlishi ham mumkin. Bu tur tungi yirtqich qushlar tomonidan oʻlja sifatida ovlanadi[1].
Eptesicus gobiensis turining tendentsiyasi nomaʼlum boʻlsa-da, hech qanday pasayish aniqlanmagan va bu koʻrshapalak hech qanday tahdidlarga duch kelmaydi. Kelajakda qurg'oqchilik va suv manbalarining qurishi ushbu turga taʼsir qilishi mumkin, chunki Buyuk Depressiya Koʻllaridagi daryolardan birida toʻgʻon qurilishi mumkin. Moʻgʻuliston ichidagi ushbu koʻrshapalakning taxminan 17 % qoʻriqlanadigan hududlarga toʻgʻri keladi va uning Rossiya va Qozogʻistondagi vakillari ham qoʻriqlanadigan hududlarda istiqomat qiladi[1]. Natijada xalqaro Tabiatni muhofaza qilish Ittifoqi uning tabiatni muhofaza qilish maqomini „eng kam tashvishli jonivor“ deb baholadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.