Heinrich Rudolf Hertz (talaffuzi: Henrix Hertz Rudolf; 1857-yil 22-fevral, Hamburg – 1894-yil 1-yanvar, Bonn) – nemis fizigi. Elektrodinamika masalalari bilan shugʻullangan, birinchi boʻlib elektromagnit toʻlqinlarni kashf etib (1888), ularning xossasini tekshirgan. Elektromagnit toʻlqinlar va yorugʻlik nurlarining oʻzaro oʻxshashliklarini isbot qilgan, vibrator nazariyasini ishlab chiqqan. Hertz tajribalari James Clerk Maxwell elektromagnit maydon nazariyasini amalda isbot qildi va ularning amalda qoʻllanishini boshlab berdi. U yorugʻlikning elektr razryadiga boʻlgan taʼsirini payqadi va shu bilan fotoelektr hodisasi ustida tekshirishlar olib borilishiga sabab boʻldi. Hertzning nazariy ishlari harakat qiluvchi jismlar elektrodinamikasidan, Maxwell tenglamalarini tajribada tekshirish va kuch tushunchasini eʼtiborga olmaydigan mexanikani tuzishdan iborat.
Manbalar
Adabiyotlar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.