Gambiya Afrika janubida joylashgan katta boʻlmagan davlat. Senegal davlati bilan chegaradosh.

Qisqa faktlar Gambia RespublikasiThe Republic of The Gambia, Poytaxt ...
Gambia Respublikasi
The Republic of The Gambia
Thumb
Bayroq
Thumb
Gerb
Shior: O'sish, Tinchlik, Farovonlik
Madhiya: For The Gambia Our Homeland
Thumb
Poytaxt Banjul
Rasmiy til(lar) Ingliz tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
 Prezident
Adama Barrow
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
 Sana
18-fevral 1965
Maydon
 Butun
11,300 km2 (165-oʻrin)
 Suv (%)
11.5
Aholi
 2002-yilgi roʻyxat
1,593,256 (148-oʻrin)
 Zichlik 140/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
 Butun
AQSh$2,946 mil. (170-oʻrin)
 Jon boshiga
AQSh$1,849
Pul birligi Dalasi (GMD)
Vaqt mintaqasi UTC+0
 Yoz (DST)
UTC+0
Qisqartma GA
Telefon prefiksi 220
Internet domeni .gm
Yopish

Gambia (Gambia Respublikasi) poytaxti — Banjul shahri. BMT aʼzosi. Umumiy maydoni taxminan 11 000 kvadrat kilometr boʻlgan mamlakat Afrika qitʼasidagi eng kichik davlatdir.

Etimologiyasi

"Gambiya" toponimi Gambiya daryosi degan maʼnoni anglatuvchi Kambra/Kambaa soʻzlaridan kelib chiqqan. E. M. Pospelovning yozishicha, Gambiya gidronimi birinchi marta Yevropa manbalarida 1455—1456-yillarda Galbiya imlosida tilga olingan boʻlib, bu mahalliy nomning yevropacha moslashuvi boʻlsa kerak[1]. Shuningdek, toponim sererlar orasida foydalaniladigan guruchning maxsus turi — gamba nomidan kelib chiqqan bo‘lishi ham mumkin[2][3].

Tarixi

IX-XVI asrlar: musulmon va portugallar taʼsiri

Arab savdogarlari IX va X asrlarda Gambiya hududi haqida dastlabki yozma manbalarda maʼlumot berganlar. X asrda musulmon savdogarlari va olimlari G‘arbiy Afrikaning bir qancha savdo markazlarida jamoalar tashkil etishdi. Ikkala guruh ham trans-Saxara savdo yoʻllarini egalladilar, bu esa mahalliy aholining oltin va fil suyagi bilan bir qatorda qul sifatida katta eksport savdosiga, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlar importiga olib keldi.

Thumb
Senegal va Gambiya oʻrtasida joylashgan, YuNESKO tomonidan eʼtirof etilgan Senegambiya tosh doiralari (megalitlar).

XI-XII asrlarga kelib Takrur (markazi shimolda Senegal daryosida joylashgan monarxiya), qadimgi Gana va Gao kabi qirollik hukmdorlari islomni qabul qilib, oʻz saroylarida arab tilini yaxshi biladigan musulmonlarga lavozim berganlar[4]… XIV asrning boshlarida bugungi Gambiya deb ataladigan hududning aksariyati Mali imperiyasining bir qismi boʻlgan. Portugallar bu hududga XV asr oʻrtalarida dengiz orqali yetib kelishgan va xorijliklar bilan savdoda hukmronlik qila boshladilar.

Ingliz va fransuz mustamlakachiligi

1588-yilda Portugaliya taxtiga daʼvogar, Krato aʼzosi Antonio Gambiya daryosidagi eksklyuziv savdo huquqlarini ingliz savdogarlariga sotdi. 1618-yilda Angliya qiroli Jeyms I ingliz kompaniyasiga Gambiya va Oltin qirgʻoq (hozirgi Gana) bilan savdo qilish uchun ruxsat berdi. 1651—1661-yillarda Gambiyaning ayrim qismlari — Gambiya daryosidagi Avliyo Endryu oroli, shu jumladan Fort Yakob, Avliyo Meri oroli (hozirgi Banjul) va Fort Jillifri — Kurlandiya va Semigaliya gersogligi hukmronligi ostiga oʻtdi[5]. Mustamlakalar rasman 1664-yilda Angliyaga berilgan.

XVII asr oxiri va XVIII asr davomida Britaniya va Fransiya imperiyalari Senegal daryosi va Gambiya daryosi mintaqalarida siyosiy va tijorat hukmronligi uchun doimiy kurash olib bordi. Avgust Keppel boshchiligidagi ekspeditsiya 1758-yilda Senegal qoʻlga kiritilgandan soʻng u yerga kelganda Britaniya imperiyasi Gambiyani egallab oldi. 1783-yilgi Versal shartnomasi asosida Buyuk Britaniyaga Gambiya daryosiga egalik qildi, biroq fransuzlar daryo boʻyidagi Albreda anklavini saqlab qolishdi. Bu hudud ham nihoyat 1856-yilda Buyuk Britaniyaga berildi.


Qullik (XVII-XIX asrlar)

Transatlantik qul savdosi amalga oshirilgan uch asr davomida bu umumiy mintaqadan uch millionga yaqin odam qul qilib olingan. Transatlantik qul savdosi boshlanishidan oldin qabilalararo urushlar natijasida qancha odam qul qilib olingani maʼlum emas. Qul qilinganlarning aksariyati boshqa afrikaliklar tomonidan yevropaliklarga sotilgan: baʼzilari qabilalararo urushlar asirlari edi; baʼzilari toʻlanmagan qarzlari tufayli sotilgan qurbonlar, boshqalari esa oddiygina odam oʻgʻirlash qurboni boʻlgan[6].

Thumb
Jeyms oroli va Fort Gambiya xaritasi

Savdogarlar XVIII asrda Gʻarbiy Hindiston va Shimoliy Amerikada mehnat bozori kengayguncha odamlarni Yevropaga xizmatkor sifatida ishlash uchun yuborganlar. 1807-yilda Birlashgan Qirollik butun imperiyasida qul savdosini bekor qildi. Shuningdek, u Gambiyadagi qul savdosini tugatishga urinib koʻrdi. Atlantikada Qirollik dengiz flotining Gʻarbiy Afrika eskadroni tomonidan toʻxtatilgan qul kemalari ham Gambiyaga qaytarildi, qul boʻlgan odamlar Gambiya daryosi boʻyida joylashgan Makkarti orolida yangi hayot qurishlari rejalashtirildi[7]. Inglizlar 1816-yilda Baturst (hozirgi Banjul) harbiy postini oʻrnatdilar.

Geografiyasi

Gambiya Afrika qitʼasining gʻarbiy sohilida joylashgan boʻlib, 11295 km² maydonni egallagan. Gambiya daryosi boʻyida joylashgan. Sohildan tashqari, Gambiya yigirma baravar katta boʻlgan Senegal bilan oʻralgan, chegaraning umumiy uzunligi 740 km. Mamlakat koʻpincha anklav deb ataladi. Gʻarbdan uni Atlantika okeani yuvib turadi, qirgʻoq chizigʻi 80 km. Mamlakat maydoni 11000 km² boʻlib, shundan 10000 km² quruqlik, 1000 km² suv yuzasi[8]. Gambiya shuningdek, 4000 km² kontinental shelfga va 10,500 km² boʻlgan 200 milya qirgʻoq eksklyuziv iqtisodiy zonasiga ega[9].

Iqlimi

Gambiya iqlimi Gʻarbiy Afrikada qishloq xoʻjaligi uchun eng qulay iqlim hisoblanadi. Iqlimi subekvatorial, quruq (noyabrdan maygacha) va yomgʻirli (iyundan oktyabrgacha). Quruq mavsumda Sahroi Kabirdan esadigan quruq shamol Harmattan deb ataladi. Gambiyadagi qishlar yogʻingarchiliksiz yumshoq, quyoshli kunlar koʻproq. Noyabrdan maygacha havo harorati +21 dan +27 ° C gacha, nisbiy namlik — 30 dan 60% gacha. Yoz oylarida oʻrtacha harorat +27 dan +32 ° C gacha. Yomgʻirli mavsum iyun oyida boshlanadi va oktyabrda tugaydi. Umuman olganda, sohilda tungi harorat ichki hududlarga qaraganda yuqori. Mamlakatning aksariyat qismida yogʻingarchilik 1000 mm dan oshmaydi, hatto yomgʻirli davrda ham quyoshli kunlar hukm suradi[10].

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.