From Wikipedia, the free encyclopedia
Gʻilaylik — koʻzning noraso holati, bunda bir koʻz qorachigʻi koʻrilayotgan buyumga toʻgʻri qaragan, ikkinchisi esa burun tomonga (yaqinlashuvchi gʻilaylik) yoki chekkaga (uzoqlashuvchi gʻilaylik) ogʻgan boʻladi.
Gʻilaylik | |
---|---|
Gʻilaylikda koʻzlar bir nuqtaga qaratilgan boʻla olmaydi. | |
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar | |
Ixtisos | Oftalmologiya |
KXK-10 | H49 – H50 |
KXK-9 | 378 |
OMIM | 185100 |
DiseasesDB | 29577 |
MedlinePlus | 001004 |
Patient UK | Gʻilaylik |
MeSH | D013285 |
Funksional gʻilaylik va falajlanish gʻilayligi farq qilinadi.
Funksional gʻilaylikda koʻz tashqi muskullari, ularning optik apparati yoki koʻz toʻr pardasining funksiyalari buziladi. Koʻpincha yosh bolalarda uchraydi. Bolalarda ikki koʻzning hamkorlikda normal ishlash faoliyati 2—3 yoshidan boshlab rivojlanadi. Shu davrda bola qattiq qoʻrqsa yoki qizamiq, skarlatina, difteriya, gripp kabi ogʻir yuqumli kasalliklar bilan kasallansa yoki koʻz nur sindirish faoliyati normal rivojlanmasa, funksional gʻilaylik paydo boʻladi. Uni dori-darmon, uzoq davom etadigan turli koʻz mashqlari yoki operatsiya yoʻli bilan davolash mumkin. Funksional gʻilaylikda sogʻ koʻz qoʻl bilan berkitilsa, gʻilay koʻz toʻgʻri tura oladi.
Falajlanish gʻilayligida esa sogʻ koʻz qoʻl bilan berkitilsa, gʻilay koʻz shundayligicha turaveradi, toʻgʻriga qaray olmaydi. Chunki uning tashqi muskullari shikastlangan yoki miya qobigʻi pardalarining yalligʻlanishi natijasida butunlay falajlangan boʻladi. Bu gʻilaylikni operatsiya yoʻli bilan davolash qiyin. Gʻilay qoʻz doim yaxshi koʻrmaydi, chunki nur uning koʻz ichi sariq dogʻida emas, balki oʻsha qiyshiq koʻz qorachigʻi roʻparasidagi boshqa nuqtaga tushadi.
Gʻilaylikni qancha tez davolasa, shuncha yaxshi. Birinchi navbatda, bola koʻzini tekshirtirib, koʻzoynak taqdirish kerak. Soʻngra uning koʻrish qobiliyatini oʻstirish uchun sogʻ koʻz berkitib qoʻyib, gʻilay koʻzga turli mashqlar buyuriladi. Bular foyda bermasa, operatsiya qilinadi. Hozirgi mikroxirurgik yoʻl bilan 2—3 yashar bolalardagi gʻilaylik tuzatilmoqda.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.