From Wikipedia, the free encyclopedia
Gökhan Gönül (1985-yil 4-yanvarda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi, TFF Birinchi liga klubi „Chaykur Rizespor“da oʻng qanot himoyachisi. U shuningdek, Turkiya milliy futbol jamoasida ham maydonga tushadi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Gökhan Gönül | ||
Tavallud sanasi | 4-yanvar 1985-yil | ||
Tavallud joyi | Samsun, Turkiya | ||
Boʻyi | 1.77 m (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Çaykur Rizespor | ||
Raqami | 77 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1999—2002 | Bursayolspor | ||
2002—2003 | Gençlerbirliği | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003—2007 | Hacettepe | 92 | (15) |
2007—2016 | Fenerbahçe | 254 | (10) |
2016—2020 | Beşiktaş | 113 | (8) |
2020—2021 | Fenerbahçe | 21 | (2) |
2021- | Çaykur Rizespor | 16 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
2007—2019 | Turkiya | 66 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (13-mart uchun) |
Gönül Samsunning Bafra shahrida tugʻilgan va u yerdan oilasi bilan Bursaga koʻchib oʻtishgan. Amakisi Gönül uchun 1999-yilda Bursayolspor yoshlar jamoasi bilan shartnoma imzolagan va Gönül futbolchilik faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. Biroq, yana bir qancha yosh darvozabonlar klub bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, Gönül chetda qolib ketgan. Bir necha oʻyin namoyish qilgandan soʻng, Gönülga boshqa darvozabon sifatida maydonga tushmasligi aytilgan. Avvaliga Gönül futbolni hobbi va boshqa qiladigan ish boʻlmaganida oʻynash uchun boshlagan. Oʻsha paytdagi murabbiyi Mehmet Kirazogʻlu uni oʻz qanoti ostiga olib, yakka tartibda mashgʻulot oʻtkazgach, u sportga jiddiyroq qaray boshlagan. Koʻp oʻtmay, Gönül 30 yoshlilarga qarshi kattalar oʻyinida oʻynagan Gönül oʻsha paytda 13 yoshda boʻlgan[1].
Gönül oʻz oʻrnini topa olmaguncha bir nechta pozitsiyalarda hususan, yarim himoyachi va turli darajadagi hujumchi sifatida oʻynagan. Gönül „Bursayolspor“da 14va16 yoshlilar jamoasining sardori boʻlgan va klubga „Bursaspor“ bilan 3:3 hisobida durang oʻynashga yordam bergan. Oʻsha paytdagi „Bursaspor“ jamoasi xodimi Hasan Bora oʻzining oʻyinidan soʻng Gönül bilan shartnoma imzolash niyati borligi aytgan. Biroq, bir necha tengdoshlarining klubga qoʻshilganini va muvaffaqiyatga erisha olmaganini koʻrgach, Gönül buni ishora sifatida qabul qilgan va klubga qoʻshilishdan voz kechgan. Gönülga oʻsha paytdagi „Galatasaroy“ bosh murabbiyi Fotih Terim ham qiziqish bildirgan. U yigitni Istanbulga taklif qilgan, ammo Gönül oxir-oqibat jamoaga qoʻshilishga rozi boʻlmagan. Buning oʻrniga u 2002-yil 9-avgustda Gençlerbirligi bilan shartnoma imzolagan[2].
Gönül oʻz faoliyatini A2 ligasida Anqara klubida boshlagan. Birinchi mavsumida u A2 ligasida 19 ta oʻyinda ikkita gol urgan. Keyingi mavsumda Gönül „Hacettepe“ klubiga ijaraga berilgan. U 2003-04-yilgi mavsumni ijara asosida oʻtkazgan, mavsum oxirida esa uning toʻliq transferi amalga oshirilgan. Klubdagi dastlabki ikki mavsumida Gönül 48 oʻyinda sakkizta gol urgan va klubga ketma-ket koʻtarilib borishda yordam bergan. „Gençlerbirligi“ uni 2005\06-yilgi mavsum boshida yana klubga oʻtkazgan. Biroq jarohat tufayli bir necha oy maydonga tusha olmagan va u klubdagi debyutini oʻtkaza olmay qolgan. Buning oʻrniga u qishki tanaffusda yana „Hacettepe“ga ijaraga berilgan. Gönül toʻrt yil ichida uchta liga tepaga koʻtarilishni uddalagan va klubga yuqori ligaga koʻtarilishda yordam bergan. Shuningdek, u TFF Birinchi Ligasining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kirit[3].
"Fenerbaxche" uni 2007\08-yilgi mavsum boshlanishidan oldin transfer qilgan, u oʻsha paytdagi murabbiy Ziko qoʻl ostida gullab-yashnagan. 2007\08-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida ishtirok etganidan soʻng, u „Turk Kafu“ laqabini olgan[4]. Klub tarixida ilk bor UEFA Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqgan[5]. Gökhan Gönül 2012-yil iyun oyida shartnomasini uzaytirgan. Yangi shartnoma uni 2015\16-yilgacha klubda olib qolishni va mavsumiga 1,7 million yevro maoshni naqd qilgan[6].
Gökhan Gönül hech qachon xalqaro yoshlar darajasida qatnashmagan. 2007-yilning 27-noyabrida Norvegiyaga qarshi oʻyinda Turkiya safida debyut qilgan[7]. Gökhan Gönül yana uchta oʻyinda maydonga tushgan, ammo jarohati sabab Yevro-2008 terma jamoasiga kiritilmagan[8].
Yevro-2016 uchun Turkiya terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan[9].
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | |||||||||||
Hacettepe | 2003-04 | TFF
Birinchi Liga |
27 | 5 | - | - | - | - | 27 | 5 | |||||||||
2004-05 | 21 | 3 | - | - | - | - | 21 | 3 | |||||||||||
2005-06 | 17 | 3 | - | - | - | - | 17 | 3 | |||||||||||
2006-07 | 27 | 4 | 2 | 0 | - | - | 29 | 4 | |||||||||||
Jami | 92 | 15 | 2 | 0 | - | - | 94 | 15 | |||||||||||
Fenerbahçe | 2007-08 | Süper Lig | 24 | 0 | 4 | 1 | 8 | 0 | 36 | 1 | |||||||||
2008-09 | 29 | 0 | 7 | 0 | 10 | 0 | 46 | 0 | |||||||||||
2009-10 | 30 | 2 | 6 | 0 | 8 | 0 | 44 | 2 | |||||||||||
2010-11 | 30 | 3 | 2 | 0 | 3 | 0 | 35 | 3 | |||||||||||
2011-12 | 31 | 1 | 2 | 0 | - | - | 33 | 1 | |||||||||||
2012-13 | 27 | 3 | 2 | 1 | 13 | - | 42 | 4 | |||||||||||
2013-14 | 29 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 31 | 0 | |||||||||||
2014-15 | 32 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 35 | 0 | |||||||||||
2015-16 | 22 | 1 | 1 | 0 | 6 | 0 | 29 | 1 | |||||||||||
Jami | 254 | 10 | 27 | 2 | 50 | 0 | 331 | 12 | |||||||||||
Beşiktaş | 2016-17 | Süper Lig | 29 | 1 | 2 | 0 | 7 | 0 | 38 | 1 | |||||||||
2017-18 | 25 | 0 | 4 | 0 | 3 | 0 | 32 | 0 | |||||||||||
2018-19 | 29 | 3 | 0 | 0 | 9 | 1 | 38 | 4 | |||||||||||
2019-20 | 30 | 4 | 1 | 0 | 1 | 0 | 32 | 4 | |||||||||||
Jami | 113 | 8 | 7 | 0 | 20 | 1 | 140 | 9 | |||||||||||
Fenerbahçe | 2020-21 | Süper Lig | 6 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 6 | 1 | |||||||||
Karyerada jami | 465 | 35 | 36 | 2 | 70 | 1 | 571 | 38 | |||||||||||
Turkiya terma jamoasi | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2007 | 2 | 0 |
2008 | 6 | 0 |
2009 | 9 | 0 |
2010 | 5 | 0 |
2011 | 5 | 1 |
2012 | 4 | 0 |
2013 | 3 | 0 |
Jami | 34 | 1 |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.