From Wikipedia, the free encyclopedia
Fukuyama (yaponcha: 福山市 Fukuyama-shi ) – Yaponiyaning Hiroshima prefekturasida joylashgan shahar.
Fukuyama shahri Hirosima prefekturasining janubi-sharqida joylashgan. Shahar markazi Fukuyama tekisligida joylashgan boʻlib, u Edo davridan beri melioratsiya loyihalari bilan qurilgan va shahardan shimol va janubga oqib oʻtadigan Ashida daryosining qirgʻogʻida joylashgan.
Hirosima prefekturasi
Okayama prefekturasi
Fukuyama nam subtropik iqlimga ega[1], yozi juda issiq va qishi salqin boʻladi. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli, ammo qishda biroz kamroq yogʻadi.
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Fukuyama aholisi 460 930 kishini tashkil qiladi. Fukuyama 1960-yildan beri aholini roʻyxatga olish ishlarini olib borilmoqda.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1960 | 281 701 | — |
1965 | 301 376 | +7.0% |
1970 | 355 264 | +17.9% |
1975 | 405 677 | +14.2% |
1980 | 425 675 | +4.9% |
1985 | 441 502 | +3.7% |
1990 | 445 403 | +0.9% |
1995 | 453 791 | +1.9% |
2000 | 456 908 | +0.7% |
2005 | 459 087 | +0.5% |
2010 | 461 471 | +0.5% |
2015 | 464 811 | +0.7% |
2020 | 460 930 | −0.8% |
Fukuyama hududi qadimiy Bingo viloyatining bir qismi. Fukuyama shimolidagi Ekiya mahallasi bundan mustasno. Fukuyama shahri – 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan tashkil etilgan shaharlardan biri hisoblanadi.
Fukuyama toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 38 aʼzodan iborat bir palatali mer-kengash shakliga ega tizim.
Fukuyama ogʻir sanoatning, xususan, poʻlatning asosiy markazi hisoblanadi. 1961-yilda qurib bitkazilgan „JFE Steel West Japan“ kompaniyasi Fukuyama hududida eng yirik ishlab chiqarish bazasi, balki dunyodagi eng yirik poʻlat zavodlaridan biri hisoblanadi.
Fukuyamada 74 ta davlat boshlangʻich maktabi, 34 ta davlat oʻrta maktabi va nogironlar uchun 3 ta maxsus taʼlim maktabi mavjud[2].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.