From Wikipedia, the free encyclopedia
Byeon Woo-seok (talaffuzi Byeon (Byon) Vu-sok yoki Byon U-sok) (koreyscha 변우석; 1991-yil 31-oktabrda tugʻilgan) - Janubiy Koreyalik aktyor va model. Byon Vu sok "Flower Crew: Joseon Marriage Agency" (Gullar ekipaji (jamoasi): Choson nikoh agentligi) (2019), "Record of Youth" (Yoshlik rekordi) (2020) va "Moonshine" (Oy yogʻdusi)(2021-22) filmlarida oʻz rollari bilan tanilgan. "20th Century Girl (20-asr qizi) (2022) filmi, "Strong Girl Nam-soon" (Kuchli qiz Nam sun) (2023) va "Lovely Runner" (Sevimli yuguruvchi, Sevgi yoʻlida)(2024) seriallaridagi bosh asosiy rollari bilan juda mashhur boʻlgan[1].
Byeon Woo-seok (Byon U-sok) 1991-yil 31-oktabrda Koreya respublikasining Seulga yondosh boʻlgan Bucheon (Puchon) shahrida tugʻilgan. Bitta opasi bor.
YG Entertainment shou-biznes kompaniyasiga qo‘shilgan va o‘z faoliyatini model sifatida boshlagan. 2014-yilda model sifatida debyut qilib shou-biznes sohasida mashhurlikka erishadi[2].
Aktyor boʻlish orzusi sababli u o'z agentligida aktyorlik boʻyicha saboqlarini oladi va keyinchalik aktyor sifatida debyut qildi.
2016-yilda Byon "Dear My Friends" (Aziz doʻstlarim) filmida Son Jongshik rolini oʻynash orqali aktyor sifatida debyut qiladi.
Aktyorlik faoliyatini davom ettirib, Byon U-sok 2019-yilda "Search: WWW" (Izlash: WWW) drama serialida yordamchi rolni o'ynaydi va bu uning san'at sohasidagi mavjudligini yanada mustahkamladi [3]. Oʻsha yili u yana JTBC telekanalining Gullar ekipaji: Choson nikoh agentligi teleserialidagi Do-joon (Do-jun) obrazi uchun ham tanqidchilar, ham tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo'ldi[4] [5].
2020-yilda Byon U sok TvN telekanalining “Yoshlik rekordi” (Record of Youth) serialida Park So Dam va Park Bo Gumga raqib bo‘lgan Von Xe Xyo sifatida bosh rolni oʻynashga tanlangan [6]. Bu serialdagi roli bilan u xalqaro miqyosda yanada mashhur boʻladi.
2021-yilda Byon KBS2 ning "Moonshine" (Oy yogʻdusi) tarixiy dramasida rol o'ynadi. Li Pyo ismli isyonkor valiahd shahzoda rolini o'ynaganidan so'ng, u 2022-yilgi KBS Drama Awards mukofotlarida " Eng yaxshi yangi aktyor" nominatsiyasida gʻolib bo'ladi [7]. O'sha yili Byon o'zining birinchi bosh rolini "20-asr qizi" (inglizcha nomi 20th Century Girl) filmida Pung Vun Xo (Poong Woon-ho) rolini o'ynaydi. Film premyerasi 2022-yilda bo‘lib o‘tadi va Koreya respublikasi ichida ham, xalqaro miqyosda ham katta shuhrat qozondi [8].
2022-yilda Byon U-sok “Soulmate” filmida bosh rol o‘ynash uchun yana bir taklif oldi, u yerda u Kim Da-mi va Chjon So Niga qarama-qarshi bo‘lgan Hum Jin-Vu (Hum Jin-woo) rolini o‘ynaydi. Film kinoteatrlarda 2023-yilli premyera qilinadi [9] .
2023-yilning 19-iyulida Byon tvN telekanalining vaqt slip (vaqtlararo sayohat), fantastik dramasi “Lovely Runner ” (Sevimli yuguruvchi) serialida Kim Hye-yoon (Kim Xye Yun) bilan birga televideniyedagi birinchi bosh rolini ijro etdi. Uning premyerasi 2024-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan [10] [11]. Teleserial katta mashhurlikka erishib, birinchi reytingga koʻtarildi.
Yil | Nom | O'rin | Izohlar | Ref. |
---|---|---|---|---|
2016 | Dear My Friends | Son Jong-shik | Kameo | [15] |
Weightliftling Fairy Kim Bok-joo | Joon-Hyungning katta yoshli koʻrinishi | Kameo (Ep 16 at 49:21) | [16] | |
Moon Lovers: Scarlet Heart Ryeo | Go Xajinning sobiq qayligʻii | Kameo (1,3-q.p.) | [16] | |
2017 | Secret Crushes: Season 3 | Byun Woo-suk | [17] | |
Drama Stage "The B Manager and the Love Letter" | Jung Do-jin | |||
Live Up to Your Name | Xizmatchi Heo-jun | [18] | ||
Drama Stage - "History of Walking Upright" | Jong-min | [19] | ||
2019 | Office Watch 3 | Ha Min-yu | [20] | |
Welcome to Waikiki 2 | Yoon Seo-won | Kameo (4-bukli) | [21] | |
Search: WWW | Han Min-yu | Kameo (3 - 5, 7, 16 - qismlar) | [22] | |
Flower Crew: Joseon Marriage Agency | Do Joon | [23] | ||
2020 | Record of Youth | Won Xey-yo | [24] | |
2021–2022 | Moonshine | Lee Pyo | [25] | |
2023 | Strong Girl Nam-soon | Ryu Shi-oh | [26] | |
2024 | Lovely Runner | Ryu Sun-jae | [11] |
Yil | Nom | O'rin | Ref. |
---|---|---|---|
2017–2018 | Modulove | Oʻzi | [27] |
Yil | Sarlavha | Rassom | Uzunlik | Ref. |
---|---|---|---|---|
2014 yil | Sweet (Yangi miks) (달아요) (featuring Verbal Jint) | Lena Park | 3:55 | [30] |
2019 | "Song Request" (ft. SUGA of BTS) | Li Sora | 5:25 |
Taqdirlash marosimi | Yil | Turkum | Nomzod / Ish | Natija | Ref. |
---|---|---|---|---|---|
Baeksang Arts Awards | 2023- yil | Eng yaxshi yangi aktyor – film | 20th Century Girl | Nomzod | [31] |
Buil Film Awards | 2023- yil | Eng yaxshi yangi aktyor | Nomzod | [32] | |
Grand Bell Awards | 2023- yil | Eng yaxshi yangi aktyor | Soulmate | Nomzod | [33] |
KBS Drama Awards | 2022 | Mashhurlik mukofoti, aktyor | Moonshine | Nomzod | [34] |
Eng yaxshi yangi aktyor | Gʻolib | [35] |
Nashriyotchi | Yil | Ro'yxat | Joylashtirish | Ref. |
---|---|---|---|---|
Cine21 | 2021-yil | 2022-yilda Koreya video kontent sanoatini boshqaradigan yangi aktyorlar | beshinchi | [36] |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.