From Wikipedia, the free encyclopedia
Flyuvioglyatsial yotqiziqlar (lot. fl uvius — dare, oqim va glacies — muz) — erigan muzlik suvlar oqimi yotqiziklari. Flyuvioglyatsial yotqiziqlar 2 tipga: muz oldi va muz ichidagilarga boʻlinadi. Muz oldi Flyuvioglyatsial yotqiziqlar muzlikning eng chekkasida erigan suvlarda hosil boʻladi. Ular uchun muzlikning chekkasidan uzoklashgan sari yirik shagʻallar va valun kumlarining mayda donali qiya qatlamli qumlar bilan almashinuvi xosdir. Muz ichidagi Flyuvioglyatsial yotqiziqlar muz osti tonnellarida, oʻpqonlarda va muzning erigan qatlamlarida joylashadi. Kesimda gʻoʻlatosh yotqiziklarining toʻplami, shagʻallar va mayda shagʻallar, turli oʻlchamdagi qumlar almashinuvi, tuzilishining turlitumanligi bilan ajralib turadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.