From Wikipedia, the free encyclopedia
Esteghlal futbol klubi (talaffuzi: Istiqlol Eron futbol klubi; forscha: باشگاه فوتبال استقلال) – odatda Esteghlal nomi bilan tanilgan, Tehronda joylashgan va Fors koʻrfazi Pro ligasida ishtirok etadigan eng qadimgi Eron professional futbol klubi. Klub 1945-yilda tashkil etilgan. Velosipedchilar (دوچرخهسواران) va 1949—1979-yillar orasida Tâj (تاج) nomi bilan tanilgan. Klub Esteghlal Athletic sport klubi tarkibiga kiradi. Jamoa Fors koʻrfazi Pro ligasida 1000 ochkoga erishgan birinchi jamoa hisoblanadi[2][3][4].
Klubning 2 yulduzli logotipi AFC Osiyo Chempionlar ligasidagi ikki sovringa tegishli | |||
Toʻliq nomi | Esteghlal Football Club | ||
---|---|---|---|
Laqabi |
Poytaxt Blues Moviy yigitlar Tâj SS | ||
Asos solingan |
26-sentyabr, 1945-yil Docharkheh Savaran Football Club sifatida | ||
Ozodiy Stadioni | |||
Sigʻimi | 78,116[1] | ||
Egasi |
Esteghlal of Iran Athletic and Cultural Company (Pars Petrochemical Co: 20% BSPC: 20% BIPC: 20% STPC: 20% PGPIC: 5% MSY: 3.54% Public Shareholders: 11.46% – IFB: ESLP1) | ||
Prezident | Farshid Samiei | ||
Bosh murabbiy | Javad Nekounam | ||
Liga | Persian Gulf Pro League | ||
Oʻrni | Persian Gulf Pro League, 2nd | ||
Vebsayti | Klub sayti | ||
| |||
1979-yilgi inqilobdan va Erondagi ayollar futboli taqiqlash siyosatidan soʻng klubning ayollar jamoasi tarqatib yuborilgan. 1973—1974-yilgi mavsumdan beri „Esteghlal“ uy oʻyinlarini 78 116 oʻrindiqga ega „Ozodiy“ stadionida oʻtkazdi, ammo muhim oʻyinlarda stadion koʻproq odamni sigʻdira oladi. 1999-yilda Tehronda „Jubilo Ivata“ jamoasiga qarshi final oʻyinini 125 000 muxlis tomosha qilgan Klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻyinida tomoshabinlar soni boʻyicha rekord oʻrnatgan[5].
„Esteghlal“ Tehron va Eronning eng qadimgi futbol klublaridan biri boʻlib, Eron futbolida chuqur tarixga ega. Bu Eron futbolidagi eng koʻp qoʻllab-quvvatlanadigan va muvaffaqiyatli klublardan biri boʻlib, ikkita Osiyo Chempionlar Ligasi sovrini, 9+1 milliy chempionligi va yettita mamlakat kubogi rekordini qoʻlga kiritgan. Fors koʻrfazi Pro ligasining barcha vaqtlar jadvalida ham „Esteghlal“ yetakchilik qilmoqda. Klubning tarixiy gerbida toj bor edi, bu klubga Osiyo toji laqabini bergan. „Esteghlal“ mahalliy raqiblari „Persepolis“ bilan „Sorxabi“ (qizil-koʻk) derbisi yoki Tehron derbisi deb nomlanuvchi oʻyinda uzoq vaqtdan beri qarama-qarshi raqobat olib bormoqda.
|
|
1990-yildan buyon “Esteghlal” sardorlari.
№ | Ism | Sardorlik davri |
---|---|---|
1 |
Shahin Bayani | 1990–1992 |
2 |
Amir Ghalenoei | 1992–1997 |
3 |
Javad Zarincheh | 1997–2000 |
4 |
Mehdi Pashazadeh | 2000–2003 |
5 |
Mahmoud Fekri | 2003–2007 |
6 |
Alireza Mansourian | 2007–2008 |
7 |
Farhad Majidi | 2008–2013 |
8 |
Mehdi Rahmati | 2013–2014 2015–2019 |
9 |
Amir Hossein Sadeghi | 2014–2015 |
10 |
Reza Enayati | 2015 |
11 |
Voria Ghafouri | 2019–2022 |
12 |
Hossein Hosseini | 2022– |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.