From Wikipedia, the free encyclopedia
Eroziya (tibbiyotda) — teri epitelial yoki shilliq qavatlarining shilinishi va yaralanishi. E.da epitelial qavat zararlanadi. Mexanik taʼsirlar (mas, terining chaqalanishi, shilinishi), degenerativ yalligʻlanish jarayonlari (mas, meʼda E.si), yaralangan joydan ajraladigan patologik suyuklik taʼsiri (mas, bachadon boʻyni E.si) E.gaolib keladi. Meʼda shilliq qavati E.si kattaligi mayda nuqtachalardan bir necha santimetrgacha boʻlib, meʼda kirish qismida uchraydi. Teri E.si mexanik taʼsirlar tufayli, shuningdek, teridagi pufakchalar, pustulalarning yorilishidan vujudga keladi. E. koʻproq qizil rangda boʻlib, baʼzan yiring bilan qoplanadi. Bachadon boʻyni eroziyasi, asosan, bachadon boʻyni kanalining yalligʻlanishi oqibatida vujudga keladi. E. butunlay tuzalib ketganidan soʻng oʻrnida vaqtinchalik dogʻ qoladi. E.ni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlab davolash kerak.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.