From Wikipedia, the free encyclopedia
Epifitlar (epi... va ... fit) -boshqa oʻsimliklarda, asosan, daraxtlar poyasi, shoxlarida yashaydigan, biroq oziq moddalarni atrof muhitdan oladigan oʻsimliklar. Barglar ustida yashaydigan oʻsimliklar epifillar deyiladi. Oʻsimliklarning barcha sinflarida uchraydi. E. havodan namlik va mineral oziqni olishga moslashgan. Ularning ildiz poʻsti gʻovak boʻlib, chang , toʻkilgan barglarni tutib qoladigan chuqurcha, yaʼni uya hosil qiladi; barglari voronkasimon boʻlib, barg ichki yuzasida joylashgan tukchalar soʻrib oladigan namni yigʻadi. Kutikulasi qalinlashgan, barglari tuklar bilan qoplangan. E.ning evolyutsiya jarayonida kelib chiqishi ularning nam tropik oʻrmonlardagi daraxtlar soyasida oʻsganligi bilan bogʻliq. Ular doimo yorugʻlikka intilishi tufayli daraxtlar tanasi, shoxchalari va barglarida yashashga oʻtgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.