From Wikipedia, the free encyclopedia
Enzo Nicolás Pérez (talaffuzi: Enso Nikolas Peres; 1986-yil 22-fevralda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi. U River Plate va Argentina terma jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Enzo Nicolás Pérez[1] | ||
Tavallud sanasi | 22-fevral 1986-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Maipú, Argentina | ||
Boʻyi | 1.78 m[3] | ||
Ampluasi | Markaziy yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | River Plate | ||
Raqami | 24 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1996—2003 | Deportivo Maipú | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2003—2007 | Godoy Cruz | 84 | (12) |
2007—2011 | Estudiantes | 119 | (14) |
2011—2014 | Benfica | 70 | (9) |
2012 | → Estudiantes (ijara) | 13 | (0) |
2015—2017 | Valencia | 61 | (0) |
2017— | River Plate | 90 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2009—2018 | Argentina | 26 | (1) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (17-fevral 2022-yil (utc) uchun) |
Pérez Portugaliyaning Benfica klubida toʻrt yil oʻynadi va u yerda beshta sovrinni qoʻlga kiritdi, ayniqsa 2013—2014-yilgi mavsumda katta muvaffaqiyat qozonib, jamoa bilan ichki turnirlarda bir mavsumda uchta gʻalabani qoʻlga kiritdi va ketma-ket ikki marta UEFA Yevropa Ligasi finaliga chiqdi.
Mendozaning Maipú shahrida tugʻilgan Pérez faoliyatini otasi kabi Deportivo Maipú jamoasida boshlagan, professional futbolchilik faoliyatini esa Godoy Vruz bilan boshlagan va u yerda 2006-yil 9-sentyabr kuni 1:1 hisobida Belgranoga qarshi kechgan durang oʻyinda beshinchi daqiqada gol urib, oʻz nomini klub tarixiga yozgan. Bu Godoy Cruzning Argentina birinchi divizionida kiritgan birinchi goli edi. Umuman olganda, u Godoy Cruzdagi faoliyati davomida 12 ta gol urgan va ularning aksariyati penaltidan kiritilgan. 2007-yilda Pérez Estudiantes de La Plataga qoʻshildi va u yerda 2008-yilda Sudamericana kubogida ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻshanda Pérez 2009-yilgi Libertadores kubogida gʻolib chiqqan jamoaning asosiy tarkibida edi.
2011-yilning 8-iyunida Pérez Portugaliyaning Benfica klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, mish-mishlarga koʻra, uning toʻliq huquqi Estudiantesdan 5,5 million yevroga sotib olinishi mumkin[4]. Chempionlar Ligasi saralashida tizzasidan olgan jiddiy jarohatidan soʻng, Pérez 2012-yilning 9-fevralida Estudiantesga olti oyga ijaraga berildi[5].
2012-yilning 27-iyulida Eusébio kubogida Pérez Real Madrid darvozasiga uzoq masofadan gol urdi va bu oʻyinda jamoasi bilan 5:2 hisobida gʻalaba qozondi[6].
2012—2013-yilgi mavsumda Pérez muvaffaqiyatli markaziy yarim himoyachiga aylandi va Nemanja Matic bilan hamkorlik qilib[7], jamoada markaziy oʻrinni egalladi.
2014-yil 15-yanvarda Matic 2013—2014-yilgi mavsum uchun Chelseaga ketganidan soʻng Pérezning jamoadagi taʼsiri yanada kuchaydi va u Benficaning ichki turnirlarda bir mavsumda uchta gʻalabani qoʻlga kiritishida (Primeira Liga, Taça de Portugal hamda Taça de Liga), shuningdek, ketma-ket ikkinchi Yevropa Ligasi finalida ishtirok etishida muhim rol oʻynadi. 2014-yil 1-may kuni Juventusga qarshi yarim finalda diskvalifikatsiya qilinganidan soʻng, Pérez Sevillaga qarshi finalda ishtirok etmadi va bu oʻyinda uning jamoasi penaltilar seriyasida (4-2) magʻlubiyatga uchradi[8][9]. Pérezning oʻyinlari boshqa klublarning eʼtiborini tortdi[10], Benfica bosh murabbiyi Jorge Jesus uni jamoasining oʻrnini bosish eng qiyin boʻlgan futbolchisi va jamoaning „miyasi“ deb atadi[11][12]. 2014-yilning 6-iyulida Pérez „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ sovrinini qoʻlga kiritdi[13].
2014—2015-yilgi mavsum boshida Pérez Supertaça Candido de Oliveira gʻolibi boʻldi va shu tariqa 2014-yilgi kalendar yilida Benfica bilan toʻrtta Portugaliya chempionligini qoʻlga kiritdi.
2015-yilning 2-yanvarida Ispaniya La Ligasining Valencia klubi Pérezni[14][15] 25 million yevro evaziga sotib oldi[16], bu argentinalik futbolchi uchun oʻninchi eng yuqori toʻlov boʻldi[17]. 4-yanvar kuni Pérez Valencia safida La Liga doirasida Real Madridga qarshi oʻyinda (2:1) debyut qildi[18].
2017-yilning 29-iyunida Pérez Argentinaga qaytdi va River Plate bilan shartnoma imzoladi[19].
2021-yil 19-may kuni boʻlib oʻtadigan Libertadores kubogi oʻyini oldidan River Plate yigirmadan ortiq oʻyinchi, shu jumladan barcha toʻrtta darvozabon COVID-19 epidemiyasi tufayli oʻyinni oʻtkazib yuborishini eʼlon qildi. Zaxira oʻrinbosarlari boʻlmagan Pérez Kolumbiyaning Independiente Santa Fe jamoasiga qarshi toʻliq oʻyinda maydonga tushdi va River Plate 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[20]. Pérez bir qator muhim himoyani amalga oshirdi va oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[21][22].
Pérez Argentina terma jamoasidagi debyutini 2009-yil 30-sentyabrda oʻsha paytdagi bosh murabbiy Diego Maradona qoʻl ostida[23] Gana bilan oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi[24], yakunda jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
2014-yil 2-iyun kuni Pérezni murabbiy Alejandro Sabella 2014-yilgi Jahon chempionatiga chaqirdi[25]. Yarim himoyachi Angel Di Maria chorak finalda jarohat olganidan soʻng, Pérez Germaniyaga qarshi yarim finalda ham, finalda ham maydonga tushdi va Argentina qoʻshimcha vaqtdan keyin 1:0 hisobida magʻlub boʻldi[26][27].
2018-yil may oyida Pérez Argentina terma jamoasining 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun dastlabki tarkibiga kiritildi[28], ammo yakuniy roʻyxatda eʼlon qilinmadi[29]. Biroq, 2018-yilning 9-iyunida u jarohat olgan Manuel Lanzini oʻrniga oʻynash uchun chaqiruv oldi[30].
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Kontinental | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Estudiantes | 2007—2008 | Argentine Primera División | 10 | 2 | 0 | 0 | — | 3 | 0 | 13 | 2 | |||
2008—2009 | 25 | 4 | 0 | 0 | — | 15 | 2 | 40 | 6 | |||||
2009—2010 | 30 | 4 | 0 | 0 | — | 9 | 1 | 2 | 0 | 41 | 5 | |||
2010—2011 | 33 | 5 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | 2 | 0 | 37 | 5 | |||
2011—2012 | 14 | 0 | 0 | 0 | — | 7 | 0 | 0 | 0 | 21 | 0 | |||
Jami | 112 | 15 | 0 | 0 | 0 | 0 | 36 | 3 | 4 | 0 | 152 | 18 | ||
Benfica | 2011—2012 | Primeira Liga | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 4 | 0 | |
2012—2013 | 28 | 4 | 3 | 0 | 3 | 0 | 13 | 0 | — | 47 | 4 | |||
2013—2014 | 28 | 4 | 4 | 1 | 3 | 0 | 12 | 0 | — | 47 | 5 | |||
2014—2015 | 11 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | 1 | 0 | 19 | 1 | ||
Jami | 70 | 9 | 9 | 1 | 6 | 0 | 31 | 0 | 1 | 0 | 117 | 10 | ||
Valencia | 2014—2015 | La Liga | 14 | 0 | 1 | 0 | — | — | — | 15 | 0 | |||
2015—2016 | 20 | 0 | 3 | 0 | — | 7 | 0 | — | 30 | 0 | ||||
2016—2017 | 27 | 0 | 2 | 0 | — | — | — | 29 | 0 | |||||
Jami | 61 | 0 | 6 | 0 | — | 7 | 0 | 0 | 0 | 74 | 0 | |||
River Plate | 2017—2018 | Argentine Primera División | 18 | 0 | 3 | 1 | — | 11 | 2 | 1 | 0 | 33 | 3 | |
Faoliyati jami | 261 | 24 | 18 | 2 | 6 | 0 | 85 | 5 | 6 | 0 | 376 | 31 |
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Argentina | 2009-yil | 2 | 0 |
2010-yil | 1 | 0 | |
2011-yil | 2 | 1 | |
2012-yil | 1 | 0 | |
2013-yil | 0 | 0 | |
2014-yil | 9 | 0 | |
2015-yil | 1 | 0 | |
2016-yil | 2 | 0 | |
2017-yil | 5 | 0 | |
2018-yil | 3 | 0 | |
Jami | 26 | 1 |
No. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2011-yil 25-may | Estadio Centenario, Resistencia, Argentina | Paragvay | 4-2 | 4-2 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
Godoy Cruz
Estudiantes
Benfica
River Plate
Argentina
Individual
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.