David IV – (gruzincha: დავით აღმაშენებელი) (1073-yil– 1125-yil 24-yanvar)– Bagrationlar sulolasining vakili boʻlib, Gurjiston qirolligini 1073-yildan 1125-yilgacha boshqargan. Gurjiston knyazliklarini markazlashgan yaxlit davlatga birlashtirishga asos solgan yirik davlat arbobi. D. "Q." 1097-yil saljuqiylarga soliq toʻlashni toʻxtatib, Gruziyaning mustaqilligini tiklagan. 1104-yil Kaxeti, Ereti va b. shaharlarni oʻz hududiga qoʻshib olgan. 1122-yil Tbilisini ishgʻol qilgan va poytaxtni Kutaisidan Tbilisiga koʻchirgan. D. "Q." cherkovdagi yuqori lavozimni nasldan-naslga oʻtkazishga barham berib, unga hukumat mansabdorlaridan saylash tartibini joriy qilgan. U zodagonlarning koʻngilli lashkarlaridan tashqari, bevosita podshoga qaram boʻlgan doimiy qoʻshin tuzgan (1118—20). D "Q.". qipchoqlar ulugʻ xonining qizi — Guranduxtga uylanib, 45 mingdan ortiq qipchoqni askariy xizmatga jalb etgan. Bundan tashqari u shahar, katta (shoh) koʻchalar, koʻpriklar, qasr (saroy)lar, karvon saroylar qurishga, maorif ishlarini rivojlantirishga katta ahamiyat bergan. Gelati sh.dagi akademiyaga asos solgan. Uning taraqqiyparvarligini nazarda tutib "Quruvchi" deb nom berilgan.
David IV | |
---|---|
Gurjiston qiroli. | |
Mansab davri 1089-yil – 1125-yil | |
Oʻtmishdoshi | George II |
Vorisi | Demetrius I |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1073-yil |
Vafoti |
1125-yil 24-yanvar Tbilisi |
Turmush oʻrtogʻi | Armanistonlik Rusudan |
Bolalari | Demetrius I |
Onasi | Elena |
Otasi | George II |
Dini | Gurjiston pravoslav cherkovi |
Adabiyot
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.