From Wikipedia, the free encyclopedia
George Walker Bush (talaffuzi: Jorj Uoker Bush; 6-iyul 1946-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi va ishbilarmon boʻlib, 2001-yildan 2009-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 43-prezidenti lavozimini bajargandir. Respublikachilar partiyasi aʼzosi boʻlgan Bush bungacha 1995-yildan 2000-yilga qadar Texas shtatining 46-gubernatori vazifasini bajargan. U AQShning sobiq prezidenti George H. W. Bushning toʻngʻich oʻgʻlidir.
George Bush | |
---|---|
Rasmiy portret (2003) | |
43-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti | |
Mansab davri 20-yanvar 2001-yil – 20-yanvar 2009-yil | |
Vitse-prezident | Dick Cheney |
Oʻtmishdoshi | Bill Clinton |
Vorisi | Barack Obama |
46-Texas gubernatori | |
Mansab davri 17-yanvar 1995-yil – 21-dekabr 2000-yil | |
Oʻtmishdoshi | Ann Richards |
Vorisi | Rick Perry |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
George Walker Bush 6-iyul 1946-yil New Haven, Connecticut, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Siyosiy partiyasi | Respublikachilar |
Boʻyi | 183 sm |
Turmush oʻrtogʻi | |
Bolalari | Barbara Bush, Jenna Bush Hager |
Ota-onasi |
|
Istiqomat joy(lar)i | Crawford, Texas, AQSh |
Taʼlim |
Yale universiteti Harvard universiteti |
Kasbi |
|
Imzosi | |
Vebsayti |
Bush yigirma yoshida Texas havo milliy gvardiyasida ikki yil muddat xizmat qildi. 1975-yili Harvard biznes maktabini tamomlagach, u neft sanoati sohasida ishladi. 1978-yilda Bush Vakillar palatasiga oʻz nomzodligini qoʻydi, ammo saylanmadi. Keyinchalik, u Texas Rangers nomli beysbol jamoasiga egalik qilib, 1994-yili Texas gubernatori etib saylandi. 1998-yilda Bush rekord darajadagi[1] (69 foiz) ovozlar soni bilan ikkinchi muddatga qayta gubernator etib saylandi[2] va buning ortidan Texas tarixida ikkinchi muddatga saylangan ilk gubernator boʻldi.[1] U gubernatorlik davrida Texasni shamol energetikasini ishlab chiqaruvchi yetakchi shtatga aylantirishga koʻmaklashdi. Bush 2000-yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashib, Demokratlar partiyasida boʻlgan amaldagi vitse-prezident Al Gore ustidan gʻalaba qozondi. Qayta sanash va sud jarayonlarini oʻz ichiga olgan bu saylov mamlakat tarixidagi eng bahsli saylovlardan biri boʻldi.
Lavozimiga kirishgach, Bush soliqlarni kamaytirish va taʼlimni isloh qilish toʻgʻrisida qonun loyihasi imzoladi. Kech abort qilishni taqiqlash toʻgʻrisidagi qonun va eʼtiqodga asoslangan tashabbuslar kabi ijtimoiy-konservativ harakatlarni ilgari surdi. Bush prezidentligi davrida 2001-yil 11-sentyabr terror xurujlari natijasida terrorizmga qarshi kurashish uchun Milliy xavfsizlik vazirligi tashkil etildi. Bush Tolibonni agʻdarib tashlash, al-Qoidani yoʻq qilish hamda Osama bin Ladenni ushlash maqsadida AQSh armiyasini Afgʻonistonga bostirib kirishga buyruq berdi. U, shuningdek, terrorizmda gumon qilingan shaxslarni nazorat qilish vakolatini beruvchi Patriot qonunini imzoladi.
Bush 2004-yilgi prezidentlik saylovlarida ham qatnashib, Demokratlar partiyasidan nomzod John Kerryni magʻlub etdi hamda ikkinchi muddatga qayta prezident etib saylandi.
George Walker Bush 1946-yil 6-iyulda Connecticut shtatining New Haven shahrida joylashgan Grace-New Haven shifoxonasida dunyoga keldi.[3] U George Herbert Walker Bush va Barbara Piercelarning birinchi farzandi boʻlgan. Uning bolaligi Texas shtatining Midland va Houston shaharlarida oʻtgan. Uchta ukasi va bitta singlisi boʻlgan boʻlib, ular quyidagilardir: Jeb, Neil, Marvin va Dorothy. Boshqa bir singlisi Robin 1953-yili uch yoshida leykoz kasalligi tufayli vafot etgan.[4] Uning ota tarafdan bobosi Prescott Bush Connecticut shtatidan senator boʻlgan.[5] Georgening otasi 1981-yildan 1989-yilga qadar Ronald Reagan prezidentligi davrida vitse-prezident, 1989-yildan 1993-yilga qadar esa 41-AQSh prezidenti vazifalarini bajargan. Bush asosan ingliz va olmon (uzoqroq niderland, uels, irland, fransuz va shotland) kelib chiqishga ega boʻlgan.[6]
Bush Texas shtatining Midland shahridagi davlat maktabida oʻqidi. U 7-sinfni tamomlaganida oilasi bilan Houston shahriga koʻchib oʻtdi. Keyin u Kinkaid maktabida ikki yil muddat tahsil oldi.[7]
Bush keyinchalik Massachusetts shtatining Andover shahrida joylashgan Phillips Academy nomli maktab-internatda oʻqidi. U ushbu maktab-internatda oʻqigan yillarida beysbol oʻynagan.[8][9] U 1964-yili Yale universitetiga oʻqishga kirdi va 1968-yilda uni tugatib, tarix boʻyicha bakalavrlik darajasini oldi.[10] Yaleda oʻqigan yillarida u Delta Kappa Epsilonga aʼzo boʻlib, oʻrtoqchilik prezidenti oʻlaroq xizmat qildi.[11][12][13] Bush, shuningdek, „Skull and Bones“ („Bosh suyagi va suyaklar“) jamiyati aʼzosi ham boʻlgan.[14][15] U oʻzini oʻrtacha talaba oʻlaroq taʼriflaydi.[16] U Yaleda dastlabki uch yilidagi GPAsi 77 ni tashkil etib, universitetdagi soʻnggi yilida ham xuddi shunday oʻrtacha koʻrsatkichga ega boʻlgan.[17]
1973-yilning kuzida Bush Harvard biznes maktabiga oʻqishga kirdi. 1975-yili uni tamomlab, MBA darajasini oldi. U AQSh tarixida MBA darajasini olgan yagona prezidentdir.[18]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.