From Wikipedia, the free encyclopedia
Deflyasiya (iqtisodiyotda), dezinflyasiya — inflyasiya davrida chiqarilgan muomaladagi ortiqcha qogʻoz pulni kamaytirish; davlat to-monidan muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga qaratilgan moliya va pul-kredit tadbirlari (soliqlarni oshirish, qimmatli qogʻozlar sotish, tovar narxlari darajasini pasaytirish, ish haqi oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik, tashqi savdoni jonlantirish, banklar hisob stavkasini oshirish, omonatlar oʻsishini ragʻbatlantirish va b.). Statistik jixatdan D. muomaladagi pul massasi umumiy hajmining yalpi mahsulot, tovar muomalasi va pulli xizmatlar qiymatlari yigʻindisiga nisbati bilan ifodalanadi. Odatda, D.ni davlatlar pul islohoti arafasida oʻtkazadi. Mas, Buyuk Britaniyada 1925-yil pul islohotidan 2 yil oldin — 1923-yilda muomaladagi pullar 541 mln. funt sterlingdan 378 mln. funt sterlinggacha kamaytirilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin koʻpgina boshqa davlatlarda ham muomaladagi pul miqdorini kamaytirish, tovar narxining oʻsishini susaytirish va b. tadbirlar amalga oshirildi. Oʻzbekistonda yangi soʻm muomalaga kiritilgunga qadar (1994-yil 1 iyul) D. tadbirlari amalga oshirildi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.