From Wikipedia, the free encyclopedia
Darsonvalizatsiya - yuqori kuchlanishli va yuqori chastotali oʻzgaruvchan tokni davo maqsadida qoʻllash; shu usulni tavsiya etgan (1891) fransuz olimi d’Arsonval nomi bilan atalgan. Umumiy (induktoterapiya) va mahalliy D. farq qilinadi. Gaz bilan toʻldirilgan shisha elektrod bemor badanida u yoq-bu yoqqa suriladi, bunda bemor badani bilan elektrod oʻrtasida kichik uchqun razryadlar hosil boʻlib, teridagi nerv oxirlarini qitiqlaydi. Ayni vaqtda terida bir oz issiqlik paydo boʻladi, qon tomirlari reflektor yoʻl bilan kengayadi. D. toʻqimalarning oziqlanishini yaxshilab, ogʻriqni qoldiradi. D.da toʻqimalarda maʼlum fizik va kimyoviy oʻzgarishlar roʻy beradi. Umumiy D. qon bosimini koʻtaradi, miya tomirlari tonusini barqarorlashtiradi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi va hokazo. Mahalliy D. qon tomirlar tonusini oshiradi, moddalar almashinuvini tartibga soladi, toʻqimalar oziqlanishini yaxshilaydi, limfotsitlarning himoya faoliyatini kuchaytiradi va b. Periferik kon aylanishi buzilganda, yaʼni qoʻl yoki oyok, tomirlari torayib, toʻqimalar oziqlanishi oʻzgarishi natijasida et uvishib, xuddi chumoli yurayotgandek sezilganda bu usul (mahalliy D.) qoʻllanadi. Nevroz va yurak tomirlari spazmi oqibatida, yuza nervlar chigallari, gipertoniya kasalliklariga va ogʻriq bilan oʻtadigan b. kasalliklarga davo qilishda D.dan foydalaniladi. D. terining oziqlanishini yaxshilashi sababli bir kancha teri kasalliklarini davolash, kosmetikada ajin tushishi, shuningdek, soch toʻkilishining oldini olishda juda qoʻl keladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.