Daqiqiy
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Daqiqiy (asl ismi Abu Mansur Muhammad ibn Ahmad) (956, Balx — 980, Buxoro) — Somoniylar davrining eng koʻzga koʻringan fors shoirlaridan biri edi. U birinchi boʻlib Eron milliy dostoni “Shohnoma”ni yaratishga kirishgan, biroq 977-yilda atigi 1000 misrani tamomlagandan soʻng oʻldirilgan. Uning ijodini zamondoshi Firdavsiy davom ettirdi.
Daqiqiyning ismi Muhammad ibn Ahmad, otasining ismi Abu Mansur bo'lib, to'liq ismi Abu Mansur Muhammad ibn Ahmad Daqiy edi. U manbalarda odatda Daqiqiy (arab va fors tillarida “aniq” degan maʼnoni anglatadi) taxallusi bilan mashhur. Daqiqiy yoshligida oʻqish uchun Buxoroga kelgan va umrining oxirigacha shu yerda yashab qolgan. U somoniy amirlaridan Mansur ibn Nuh (961—76 yillar hukmronlik qilgan) hamda Abulqosim Nuh ibn Mansur (976—997 yillar hukmronlik qilgan) saroyida xizmat qilgan. Daqiqiy sharq adabiyotida mavjud lirikaning barcha janrlarida sheʼrlar yozgan. Eski manbalarda uning qasida, gʻazal, ruboiy, qitʼa, bahoriyot, chiston singari janrlardagi asarlardan tarkib topgan devoni borligi taʼkidlangan. Lekin hanuzgacha shoirning qoʻlyozmasi topilmagan. Shoir merosidan ayrim namunalar tazkira va lugʻatlardagina saqlanib qolgan. D. qasidagoʻylik va gʻazalnavislikda ustod sanʼatkor darajasiga koʻtarilgan. U oʻz sheʼrlarida doʻstlikni, muhabbatni, maʼrifatni kuylagan; qasidalarida donishmand, odil podsho boshchiligidagi markazlashgan davlat uchun kurash gʻoyasini ifodalagan. Bundan tashqari Daqiqiy Abulqosim Nuh ibn Mansur Somoniy topshirigʻi bilan qadimgi ajdodlar tarixi haqida "Shohnoma" yozishga kirishadi. Ammo 1000 baytdan iborat "Arjasp va Gushtasp" dostonini yozib tugatgan paytida oʻz gʻulomi tomonidan oʻldiriladi. Keyinchalik Firdavsiy bu dostonni oʻz "Shohnoma"siga kiritgan. Asarda Zardushtning paydo boʻlishi, Gushtasp va boshqa ayonlar uning dinini qabul qilishlari, Turon podshohi Arjaspning bu voqeadan noroziligi hamda Gushtasp bilan Arjasp oʻrtasidagi urush hikoya qilingan. Mazkur jangnoma Eron va Turon xalqlari tarixini, jumladan, zardushtiylik dinining paydo boʻlishini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi.
Hamidjon Homidiy.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.