Kantri
From Wikipedia, the free encyclopedia
Country (talaffuzi: kantri) Amerika ommabop musiqasi janri boʻlib, 1920-yillarda AQSh janubining qishloq joylarida shakllana boshlagan[1]. U Amerika xalq musiqasi va western musiqadan kelib chiqqan. Erta country musiqada blues gammasi seziladi[2]. Country odatda joʻn ballada va raqs maromlaridan iborat boʻlib, banjo, elektrogitara va akustik gitara kabi torli asboblar hamda fiddl va garmonika hamohangligida ijro etiladi[3][4][5].
Country Kantri | |
---|---|
Uslubiy ildizlari: | Appalachiya musiqasi, bluegrass, gospel, western swing, anglo-kelt musiqa, old-time music, blues |
Madaniy ildizlari: | AQSh janubi |
Xos cholgʻu asboblari: | Gitara - Bas - Rezonatorli gitara - Elektrogitara - Mandolina - Banjo - Fiddl - Pianino - Klavishlar - Dovul - Garmonika - Vokal |
Yaqin janrlar: | Rock and roll, dansband, roots rock, southern rock, heartland rock |
Ost janrlar | |
Bakersfield sound - Close harmony - Honky tonk - Jug band - Lubbock sound - Nashville sound - Neotraditional country - Outlaw country - Red Dirt - Western swing - Texas country | |
Fusion janrlar | |
Alternative country - Country rock - Psychobilly - Rockabilly - Gothabilly - Cowpunk - Country-rap - Country pop - Country soul - Sertanejo - Southern soul | |
Aloqador mavzular | |
Country ijrochilar |
Inglizchada „qishloq「 maʼnosini bildiruvchi country atamasi bilan 1940-yillardan boshlab shu janr nomlana boshlandi, bungacha bunday musiqani hillbilly („qishloqi「, „toʻpori「) deb atashar edi. Bugunga kelib country musiqa atamasi ostida koʻplab uslub va ostjanrlar tushuniladi. 2009-yilgi tadqiqotga qaraganda country AQShda avtomobilda eng koʻp tinglanadigan musiqa janrlari qatoriga kiradi[6].
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.