From Wikipedia, the free encyclopedia
Coldplay britan alternativ rok guruhi boʻlib, 1996-yili xonanda Chris Martin va gitarachi Jonny Buckland tomonidan London Universitet Kollejida tuzilgan.[1] Avvaliga nomi Pectoralz boʻlgan guruhga bas gitarachi Guy Berryman qoʻshilib, guruh nomi Starfish qilib oʻzgartirildi.[2] Keyinchalik dovulchi va back-vokalchi Will Champion guruhga keldi. Baʼzan menejer Phil Harvey norasmiy beshinchi aʼzo sifatida koʻrsatiladi.[3] Guruh 1998-yili Colplay deb atala boshlandi.[4] Bundan keyin guruh uchta EP: Safety (1998), Brothers & Sisters (singl, 1999) va The Blue Room (1999) chiqardi. The Blue Room Coldplay Parlophone studiyasi bilan shartnoma imzolaganidan keyin chiqargan ilk albomdir.[5]
Coldplay | |
---|---|
Coldplay konsertda. Sentabr, 2005. | |
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | London |
Mamlakat | Angliya |
Faoliyat yillari | 1997 — bugun |
Janr | Alternativ rok |
Leybl | Parlophone, Capitol |
Tarkib |
Chris Martin Jonny Buckland Guy Berryman Will Champion |
Vebsayt | www.coldplay.com |
2000-yili Coldplay "Yellow" nomli qoʻshiq va Parachutes albomini chiqarib, xalqaro shuhratga erishdi. Guruhning ikkinchi albomi A Rush of Blood to the Head (2002) tanqidchilar tomonidan maqtalib, bir necha mukofotlar, jumladan NME Yil Albomi sovriniga ega chiqdi. Keyingi albom, X&Y, 2005-yili jahonda eng koʻp sotilgan albom boʻldi. Toʻrtinchi, Viva la Vida or Death and All His Friends albomi (2008) Brian Eno produserligida chiqarildi va 51-chi Grammy Awards marosimida yutuqlarni qoʻlga kiritdi.[6] 2011-yil 24-oktabrida Coldplay beshinchi, Mylo Xyloto nomli albom chiqardi, bu albom 34 mamlakat chartlarida birinchi pogʻonalarga koʻtarildi va 2011-yilning eng koʻp sotilgan rock albomlaridan boʻldi.[7]
Guruh koʻplab mukofotlarga erishgan, bular qatoriga yettita Brit Award, beshta MTV Video Music Award va yettita Grammy Award kiradi. Coldplay jahon boʻylab 55 milliondan oshiq albom sotgan.[8][9] 2009-yil dekabrida Rolling Stone jurnali oʻtkazgan soʻrovda Coldplay 2000-yillarning toʻrtinchi eng yaxshi guruhi, deb olqishlandi.[10]
Coldplay musiqadan tashqari Make Trade Fair va Amnesty International kabi turli ijtimoiy va siyosiy kampaniyalarni dastaklab keladi. Guruh shuningdek Band Aid 20, Live 8, Sound Relief, Hope for Haiti Now: A Global Benefit for Earthquake Relief, The Secret Policeman's Ball va Teenage Cancer Trust kabi xayriya konsert va loyihalarida qatnashgan.[11]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.