Professor X (Charles Francis Xavier) — Marvel Comics tomonidan yaratilgan personaj. Stan Lee va Jack Kirby tomonidan yaratilgan ushbu personaj birinchi marta 1963-yilda The X-Men #1 komiksida paydo boʻlgan.

Qisqa faktlar Nashr haqida maʼlumot, Nashriyot ...
Professor X
Thumb
Astonishing X-Men #7 (mart, 2018-yil).
Rassom: Mike Deodato Jr.
Nashr haqida maʼlumot
Nashriyot Marvel Comics
Debyut The X-Men #1
(sentabr, 1963-yil)
Muallif(lar) Stan Lee
Jack Kirby
Qahramon haqida maʼlumot
Toʻliq ismi Charles Francis Xavier
Tavallud joyi Nyu-York, AQSh
Ittifoqchilari va dushmanlari haqida maʼlumot
Ittifoqchilari Gʻaroyib odamlar
Illuminati
X-Corporation
Yangi mutantlar
Genoshan Excalibur
Starjammers
Cadre K
Mutantlar birodarligi
Yopish

Xavier gʻayriinsoniy kuchlar bilan dunyoga kelgan mutantdir. U mutantlar va insonlarning tinch-totuvlikda yashashi uchun kurashadigan Gʻaroyib odamlar (X-Men) jamoasining asoschisi hisoblanadi. Xavier kuchli telepatik qobiliyatga ega mutantdir. U boshqa odamlarning fikrlarini oʻqiy oladi va hatto ularni boshqara oladi. Xavier Nyu-Yorkda butun dunyodan kelgan mutantlar uchun xususiy maktab ochgan.

Xavier oyoqlari falaj boʻlgani sababli nogironlar aravachasidan foydalanadi. Dunyodagi eng qudratli telepatlardan biri boʻlgan Xavier daho hamdir. U mutant genlariga ega boʻlgan shaxslarning qayerda ekanligini topish uchun „Cerebro“ deb ataluvchi texnologik qurilmaning yaratuvchisidir.

Xavier, sobiq doʻsti Magnetodan farqli oʻlaroq, har doim zoʻravonlikka qarshi boʻlgan. U mutantlarga boshqa odamlar bilan tinch-totuvlikda yashash uchun patsifistik takliflarni ilgari surdi. Xavierning maqsadlari va siyosiy qarashlari bir necha bor Martin Luther King Jr.[1] bilan, Magneto esa Malcolm X bilan solishtirilgan[1].

Professor X rolini Gʻaroyib odamlar, X2, Gʻaroyib odamlar: Soʻnggi intiqom va Gʻaroyib odamlar: Muqaddima. Suvsar filmlarida Patrick Stewart gavdalantirgan. Professor X'ning yoshligini esa Gʻaroyib odamlar: Birinchi sinf, Gʻaroyib odamlar: Oʻtgan kelajak, Gʻaroyib odamlar: Apokalipsis va Gʻaroyib odamlar: Feniks zulmati filmlarida James McAvoy gavdalantirgan.

Yaratilish tarixi

Stan Lee va Jack Kirby tomonidan yaratilgan ushbu personaj birinchi marta 1963-yilda The X-Men #1 komiksida paydo boʻlgan. Stan Leening aytishicha, Professor Xavier’ning qiyofasi Oscar mukofoti sovrindori Yul Brynnerdan ilhomlangan.

Manbalar

Havolalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.