Changlanish
Biologiya From Wikipedia, the free encyclopedia
Changlanish, oʻsimliklarda — changlarning urugʻchi tumshuqchasiga (gulli oʻsimliklarda) yoki urugʻ kurtakka (ochiq urugʻlilarda) tushishi. Ch.dan soʻng changdan chang naychasi rivojlanadi; naycha tugunchaga qarab usadi. Naycha orqali urugʻ hujayralar — spermitlar urugʻ kurtakdagi tuxum hujayraga yetib boradi. Uruglangan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi. Gulli oʻsimliklarda chetdan va oʻzidan Ch. sodir boʻladi. Chetdan Ch.da bir gulning changdonidagi changlar 2gul urugʻchisi tumshuqchasiga, oʻzidan Ch.da changlar shu gul urugʻchisi tumshuqchasiga tushadi. Chetdan Ch.da hosil boʻladigan yangi organizm urugʻli oʻsimliklar belgilari kombinatsiyasiga ega boʻlgani uchun oʻzidan changlanishga nisbatan biologik ustunlikka ega. Oʻzidan Ch. esa tur belgilarining turgʻunlashuviga imkon beradi. Koʻpchilik oʻsimliklar oʻzidan changlanadi. Chetdan changlanadigan oʻsimliklarda biror sababga koʻra chetdan Ch. sodir boʻlmaganida (mac, obhavo noqulay kelganida) oʻzidan Ch. roʻy beradi.
Oʻsimliklarda evolyutsiya davomida chetdan Ch.ga moslashish (gullar va ayniqsa, oʻsimliklarning ayrim jinsli boʻlishi, ikki jinsli gullarda changdonlar va urugʻchining bir vaqtda yetilmasligi) paydo boʻlgan.
Chetdan Ch.da hayvonlar (zoofiliya), jumladan, qushlar (ornitofiliya), sut emizuvchilar — koʻrshapalaklar, kemiruvchilar, ayrim xaltalilar (Avstraliyada), lemurlar (Madagaskar o.da) ishtirok etadi. Lekin chetdan Ch.da hasharotlar (entomofiliya), shamol (anemofiliya) va suv (gidrofiliya) asosiy ahamiyatga ega. Evolyutsiya davomida hayvonlar (asosan, hasharotlar) bilan gulli oʻsimliklar oʻrtasida Ch.ga oʻzaro moslashish belgilari (koevolyutsiya) sodir boʻlgan. Mingdevona gul qoʻrgʻoni nayining choʻzilishi bilan uni changlatadigan arvoh kapalak xartumi ham uzayib borgan. Orxideyalar gullari esa ularni changlatadigan hasharotlar urgʻochisiga oʻxshash boʻlib qolgan. Orxideyalar va bir qancha boshqa oʻsimliklar gullarining ochilishi ularni changlatadigan hasharotlar rivojlanishining muayyan davriga toʻgʻri keladi. Bir xil oʻsimliklar (mac, anjir) faqat bir turdagi, boshqalari oʻnlab, hatgo yuzlab hasharotlar yordamida changlanadi.
Anemofiliya, odatda, ochiq yerlarda oʻsadigan oʻsimliklar va koʻpchilik daraxtlar uchun xos. Bunday oʻsimliklar gullari mayda boʻlib, toʻpgulga toʻplangan; gullar juda koʻp chang hosil qiladi. Ular barg yozishdan oddin gullaydi yoki toʻpgullari barglaridan ancha yuqori koʻtarilib turadi (bugʻdoydoshlar). Anemofil oʻsimliklarning toʻpgullari kuchsiz shamolda ham tebranib, changini havoga tarqatadi.
Suv orqali changlanadigan oʻsimliklar changlari toʻkilgach, suv orqali urugʻchi tumshuqchasiga tushadi. Ayrim oʻsimliklar har xil yoʻl bilan changlanadi. Masalan, zubturum hasharotlar va shamol yordamida changlanishi mumkin.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.