Bukri baliq
From Wikipedia, the free encyclopedia
From Wikipedia, the free encyclopedia
Bukri baliq, gorbusha (Oncorhynchus gorbuscha) — losossimonlar oilasiga mansub baliq. Asosan, Tinch okeanining shimoliy qismi va qisman Shimoliy Muz okeanida tarqalgan. Tanasining uzunligi 60—70 sm, koʻpincha 45—50 sm, ogʻirligi 1,5—1,7 kg gacha boradi. Yashash davri juda qisqa, hayoti davomida faqat bir marta uvildiriq tashlaydi. Urchish paytida dengizdan daryolarga, xususan, Yapon dengiziga quyiladigan daryolarga (koʻproq Amurga) katta gala boʻlib, yuqori oqimgacha suzib boradi. Daryolarning tiniq, kislorodga boy boʻlgan yuqori oqimida suv tubida kovlangan chuqurlarga urgʻochisi 1500—2000 tagacha uvildiriq tashlaydi. Erkagi uvildiriq ustiga urugʻlarini sepadi. Urgʻochi va erkak baliqlar urchigandan soʻng nobud boʻladi. Tuxumdan chiqqan chavoqlar daryo oqimi bilan dengizga tushib, voyaga yetadi.
Bukri baliq | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
| ||
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.