From Wikipedia, the free encyclopedia
'Britaniya kolumbiyasi'. — Kanada gʻarbidagi provinsiya. Maydoni 947,8 ming km². Aholisi 3,0 mln. kishidan ziyod (1990- yillar oʻrtalari). Ma’muriy markazi — Viktoriya shahri B. K. Tinch okean sohili boʻylab joylashgan. Tarkibiga Vankuver, Qirolicha Sharlotta va boshqa orollar ham kiradi. Relefi togʻli (Qoyali togʻlar, Kordilera togʻi tizmalari va boshqalar). Sohil qismida iqlimi yumshoq, sernam, togʻlarda sovuq, yillik yogʻin 240 mm, vodiylarda 300–400 mm. Asosiy daryolari — Freyzer, Kolumbiya. Ygna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Sanoatining asosiy tarmoqlari: konchilik (rux, qoʻrgʻoshin, molibden, mis va boshqalar), taxta tilish, sellyulozaqogʻoz. Rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Togʻ daryolariga GES qurilgan. Britaniya Kolumbiyasi da sut chorvachiligi yetakchi oʻrinda, sabzavot va mevalar yetishtiriladi. Baliqovlanadi. Muhim sanoat markazlari — Vankuver va Viktoriya shahri
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.