From Wikipedia, the free encyclopedia
Boysunsoy — Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi soy. Surxondaryonint oʻng irmogʻi. Ketmonchopti togʻining jan.sharqiy yon bagʻridagi buloqlar (2500 m)dan boshlanadi. Yuqori oqimi dastlab Qoʻrgʻondarasoy, Avlodsoy, soʻng Hangaronsoy, quyi oqimi Taqirsoy va Taqirkoʻlsoy deb ataladi. Jaloir temir yoʻl st-yasidan 1,5 km sharqda Surxondaryoga quyiladi. Uzunligi 82 km, havzasining maydoni 55.8 km². Boysunsoyga umumiy uz. 213 km boʻlgan 150 ga yaqin irmoq qoʻshiladi. Boysunsoy vodiysining eni Avlod qishlogʻigacha 15–16 m dan 80 m gacha. Boysunsoy qrr, yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi, oʻrtacha yillik suv sarfi 0,58 m³/sek. Suv koʻpayganda (apr,— iyun) oʻrtacha suv sarfi 1,0 m³/ sek.ni tashkil etadi va yillik oqimining 60—70% ham shu davrga toʻgʻri keladi. Baʼzan sel oqimlari kuzatiladi. Toshqin davrida suvi loykalanadi (13 kg/m3).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.