Bolgʻa — zarb berish uchun ishlatiladigan dastaki qurol. Kallak va dastadan iborat. Bolgʻa kallagi, odatda, uglerod (0,4—0,6%S) li poʻlatdan, dastasi asosan yogʻochdan yasaladi. Kallakning har ikki tomoni toblanadi. Bolgʻalarning turli xillari.,mas, yogʻoch Bolgʻa, yumshoq muhrali Bolgʻa, tepmaydigan (urganda sakrab ketmaydigan) Bolgʻa, xavfsiz (zarb paytda detalni berkitib turuvchi) Bolgʻa bor (rasm). Miskarlikda: 1) xoyis (xoyisk) yoki xoyischorsi Bolgʻa — misni yupqalashda; 2) xoyis bagʻal, kapchin yoki chambar Bolgʻa — misni yoyib yigʻishda; 3) nimchorsi Bolgʻa — misda qolgan izlarni ketkazishda; 4) yumaloq Bolgʻa — mis idishlarning ichki tomoniga ishlov berishda; 5) teruv Bolgʻa — mis idishlarning yuzini silliklashda ishlatiladi. Temirchilik, taqachilik va pichoqchilikda: 1) metin Bolgʻa — ketmon qirgʻogʻidan yelka chiqarishda; 2) dasxoyis Bolgʻa — temirchi, taqachi va pichoqchilar bosqonchi bilan birga ishlaganda; 3) teruv Bolgʻa — ketmonning orqa oldini, taqaning yuzini tekislashda; 4) dusara Bolgʻa — ketmon zoʻgʻatasining chetini qaytarishda; 5) barchinxoyis Bolgʻa — kush pichoq yasashda ishlatiladi va boshqalar. Texnikada metallga zarb bilan ishlov (shakl) beradigan asbob. Temirchilikshtamplashda ishlatiladi. Bugʻ havo, pnevmatik, mexanik va gidravlik yuritmali, elektr turlari bor (yana qarang Bolgʻalash mashinasi, Bosqon).[1]

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.