Bolasogʻun – oʻrta asrlardagi yirik shahar (7-14-asrlar). Qadimgi Yettisuv viloyatining markazi. Uning xarobalari Toʻqmoq shahrining (Qirgʻiziston) janubi-gʻarbida, 12 km masofa (Chu vodiysi) da joylashgan. Tarixda Goʻbaliq („Yaxshi shahar“), baʼzan Koʻzbaliq, Qoʻz ulush, Xosun ordu (Kuchli Oʻrda) deb ham atalgan. Bolasogʻun 11-12-asr 1-yarmigacha qoraxoniylar 12-asr 2-yarmidan qoraxitoylar davlati poytaxti. 14-asrdagi oʻzaro urushlar natijasida vayron boʻlgan. Maxmud ibn Valining „Bahr ul-asror“ asarida yozilishicha, Bolasogʻunda 12-asr da 40 ta jome va 200 ta kichik masjid, 20 ta xonaqoh boʻlgan. A. N. Bernshtam olib borgan arxeologik qazishlar natijasida shahar chekkasida 7-8-asrlarga oid budda ibodatxonasi qoldiqlari topilgan.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.