BOʻRI — oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida totemik obraz. Qad. manbalardan yetib kelgan rivoyatlarda B. turk urugʻi avlodining davomchisi sifatida taʼriflanadi. "Ona boʻri" nomli afsonada tasvirlanishicha, qad. turklar goʻyo dushman tomonidan qirilgan turk urugʻi orasida tirik qolgan oʻn yoshli oʻgʻil bola va ona B.dan tarqalgan. "Boʻri", "Boʻri qiz", "Choʻloqboʻri" kabi ertaklarda talqin etilgan totemik B. obrazi insonning xaloskori, uning himoyachisi sifatida tasvirlanadi. Keyinchalik totemik eʼtiqodlarga ishonchning yoʻqolishi tufayli ertaklarda ("Boʻri bilan tulki", "Och boʻri", "Koʻy bilan boʻri", "Boʻri bilan ot" va boshqalar) paydo boʻlgan. B. yovuzlik, qonxoʻrlik, zulm va zoʻrlik, bosqinchilik timsoliga aylandi. Jahon, xususan oʻzbek badiiy ijodida B. goh ijobiy, goh salbiy obraz sifatida namoyon boʻladi, ramziy maʼno kasb etadi. Poʻlkan shoirning "Yoldor boʻri" dostoni, M. Avezovning "Koʻk yol", Chingiz Aytmatovning "Qiyomat" romanlarida^B. ijobiy maʼnoda tavsiflanadi. BURI — osmonning Janubiy yarim sharida Mezon, Aqrab, Burchak chizigʻi, Sirkul, Sentavr va Gidra yulduz turkumlari oralarida joylashgan yulduzlar turkumi. Eng yorugʻ yulduzi 2,3 koʻrinma yulduz kattaligida. Oʻzbekistonda yoz paytlarida koʻrish mumkin.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.