From Wikipedia, the free encyclopedia
Bitim — 1) huquqda shartnoma, kontrakt, xalqaro shartnoma, konvensiya tushunchalarining sinonimi. 2) Oʻzbekiston Respublikasining FK boʻyicha fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakati. Bitim bir taraflama, ikki taraflama yoki koʻp taraflama boʻlishi mumkin (qarang Shartnomalar). Bitim tuzish uchun qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi zarur va yetarli bulsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanadi. Bitimlar ogʻzaki yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan) shaklda tuziladi. Yer uchastkalari va boshqa koʻchmas molmulk bilan bogʻliq Bitimlar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzok, muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. Qonun talablariga muvofiq kelmaydigan, shuningdek huquqtartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan bitim; 14 yoshga toʻlmagan shaxslar; ruhiy kasalligi va aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan Bitim; qalbaki va koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan Bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. 14 yoshdan 18 yoshgachaboʻlgan voyaga yetmagan shaxslar; muomala layoqati cheklangan fuqarolar; harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki boshqara olmaydigan fuqarolar tomonidan; shuningdek yanglishish taʼsirida tuzilgan bitim; aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf vakilining 2-taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki ogir holatlar yuz berishi taʼsirida tuzilgan bitim; yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan bitim sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.