Belangi, bel ogʻrigʻi, lyumbago — belning toʻsatdan qattiq ogʻrib qolishi. Asosan, ogʻir yuk koʻtarish yoki keskin harakat qilish tufayli umurtqa pogʻonasi muskullariga haddan tashqari zoʻr kelganda roʻy beradi. Umurtqa pogʻonasi boylamlarining choʻzilishi, orqa miya ildizlarining qisilishi va organizmning qattiq sovuq qotishi ham B.ga sabab boʻladi. Shuningdek, revmatizm boʻlgan bemorlarda yoki umurtqalararo togʻaylarning nuqsonlari oqibatida ham roʻy beradi. B.da aksari belning bir tomoni ogʻrib, bir oz jismoniy zoʻriqqanda, harakat qilganda, yoʻtalganda, aksirganda kuchayadi. Bel bosib koʻrilganda bezillab turadi, bemor qaddini kutara olmay qoladi. Ogʻriq odatda bir necha soatdan 4 — 5 kungacha tutadi. Bel ogʻrigʻi tutganda tekis va qattiq oʻrinda qimirlamay yotish va vrach tavsiyasiga binoan ogʻriq qoldiruvchi va yalligʻlanishga qarshi dori-darmonlar qabul qilish, malhamlar bilan iylash, gorchichnik qoʻyish tavsiya etiladi. Ogʻriq bir oz kamaygach fizioterapiya buyuriladi. B.ning oldini olish uchun jismoniy zoʻriqishga, keskin harakat qilishga, organizmning qattiq sovuqqotishiga yoʻl qoʻymaslik va unga sabab boʻladigan omillarni vaqtida bartaraf etish zarur.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.