Bosmillar, basmillar ―(xitoy manbalarida boʻma, bila, xe la — ola, chavkar ot degani) — toʻqqiz oʻgʻuz qabilalaridan biri. Xitoy manbalarida dastlab Suy xoqonligi (581—618) davrida tilga olinadi. Bosmillar Beshbaaiq shahrining janubidan to Baykalgacha boʻlgan hududda yashashgan. Xitoy manbalarida Bosmillar atamasi ularning otlari chavkar boʻlganligidan olingan deyiladi. Bosmillar asosan chorvachilik, ovchilik va qisman dehqonchilik bilan shugʻullangan. VII asrda B.ning 5 ta katta urugʻdan iborat kabila ittifoqi tashkil topib, uning 30 ming saralangan qoʻshini, 300 ming oti boʻlgan. VIII asrdan uygʻur va Bosmil boshchiligidagi toʻqqiz oʻgʻuzlar Koʻk turk xoqonligiga qarshi qudratli kuchga aylangan. Bosmillar yetakchi boʻlgan uygʻur va qarluq qabilalari birlashmasi Koʻk turk xoqoni Oʻzmish (740—742) ni oʻldirib Bosmil xoqonligi (742—744) ni tuzishgan. Bosmillar boshligʻi Elteris qogʻon unvoni bilan taxtga oʻtiradi. Xoqonlikning sharqiy qismini uygʻurlar egallab, ular soʻl yobgʻu, gʻarbiy qismiga qarluqlar joylashib ular oʻng yobgʻu deb nomlangan. Xitoy Bosmillar xoqonligi bilan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari oʻrnatishga intilgan. Uygʻurlar soʻnggi turk xoqoni Boʻlmish (Baymi, 742—745)ni oʻldirib, soʻngra qarluklar bilan birga sobiq ittifoqchilari B.ga hujum qilishgan, Elteris xoqon oʻldirilgan. Natijada Bosmil xoqonligi tugatilib, Bosmil tarqab ketganlar. Oltoy bilan Tangritogʻ (Tyanshan) oraligʻida yashaydigan Bosmil keyinchalik Uygur xoqonligi tugatilgach, Idiqut xonligini tashkil topishida ishtirok etgan. XI-XII asrlarda Bosmillar Qoraxoniylar davlati hududidagi boshqa turkiy qabilalar bilan aralashib yashaydilar.

== Adabiyotlar ==

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Mahmud Koshgʻariy, Devonu lugʻotit turk, 1j., T., 1960; Malyavkin A. G., Tanskiye xroniki o gosudarstvax Sentralnoy Azii, Novosibirsk, 1989.




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.