From Wikipedia, the free encyclopedia
Avliyokoʻl tumani — Qoʻstanoy viloyatining markaziy qismida joylashgan. Maydoni 11,7 ming km². Aholisi 47 554 kishi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Avliyokoʻl qishlogʻi. Avliyokoʻl tumani 1928-yili Semiozer tumani boʻlib tashkil topgan, 1997-yildan boshlab Avliyokoʻl tumani deb nomlanib kelmoqda.
| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Qoʻstanoy viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Avliyokoʻl qishlogʻi | |
Asos solingan sanasi | 1928-yil | |
Akim | Usenko Antonina Vitalevna | |
Rasmiy tillar | qozoq, rus | |
Aholi (2010) | 47 554 kishi[1] | |
Millatlar tarkibi |
qozoqlar — 51,68% ruslar — 26,62% ukrainlar — 9,95% olmonlar — 4,09% tatarlar — 1,85% beloruslar — 1,71% [1][2] | |
Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar | |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
Avtomobil raqami kodi | P, 10 | |
Rasmiy sayti | http://www.akimat.auliekol.kz/ | |
Xaritada | ||
52°21′0″N 64°7′48″E |
Iqlimi keskin kontinental — qishi sovuq, yozi issiq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati 18 — 19 °C, iyulniki 21 — 22 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 260–280 mm.
Aholisi 47 554 kishi (2010). Tuman aholisining koʻpchligi (72 %) qishloqlarda istiqomat qilishadi. Tuman aholisining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 5,3 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[1][2]:
Tumanda moy, pivo, non zavodlari, kichik tikish va jihoz fabrikalari, qurilish-montaj korxonalari, nashriyotlar, yoʻl qurilish korxonasi, avtobaza bor. Avliyokoʻl tumani asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli er maydoni — 1,1 mln. ga (1997), Tumanda asosan qoʻy, sigir, yilqi, choʻchqa asraydi, bugʻdoy, beda, koʻkatlar, kartoshka, v.h. ekiladi.[3]
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.