Shillong, Assom togʻlariHindistonning shim.sharqiy qismidagi togʻlik. Uz. 350 km, eni 100 km gacha. Eng baland joyi 1961 m. Gneys, kristalli slanets, granit jinslardan tuzilgan. Togʻni chuqur daryo vodiylari parchalab yuborgan. Sh. yer yuzida eng seryogʻin joy (Cherapunji aholi punktida yiliga oʻrtacha 12. 000 mm yogʻin yogʻadi). Ayrim joylarda tuproq qatlami yuvilib ketgan. Asosiy oʻsimliklari butali changalzorlar va sernam tropik oʻrmonlardan iborat. Vodiylarda sholi ekiladi, choy oʻstiriladi. Toshkoʻmir konlari topilgan.




Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.