From Wikipedia, the free encyclopedia
Ashtarxon xonligi (Astraxon xonligi) – Oltin Oʻrdaning inqirozi natijasida vujudga kelgan davlat. Poytaxti – Ashtarxon shahri (hozirgi Astraxon). 14-asrda Oltin Oʻrda amiri Hoji Cher-kas Ashtarxon shahrini bosib olib, uni alohida mulkka aylantirgan, taxminan 1459–60 yillarda esa bu mulk uzil-kesil mustaqil boʻlib olgan. Ashtarxon xonligi ning birinchi hukmdori – Katta Oʻrda xoni Ahmadning birodari Mahmud boʻlgan. Xonlikning taxminan hududi: sharqda Noʻgʻay Oʻrdagacha, janubida Terek, gʻarbda Kuban va Don daryolarigacha, shimolida Saroy shahrigacha. Aholisi turkiyzabon qabilalardan iborat boʻlib, 833asosan koʻchmanchi chorvachilik, qisman baliq ovlash, ovchilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan. Ashtarxon yaqinidan tuz qazib olingan. 1556-yil Ashtarxon xonligi rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.