From Wikipedia, the free encyclopedia
Anaeroblar, anaerob organizmlar — erkin kislorod boʻlmaydigan sharoitda yashash va rivojlanish qobiliyatiga ega boʻlgan organizmlar. A. terminini 1861-yilda yog kislotali bakte-rial bijgʻishni ixtiro qilgan L. Paster taklif etgan. A. asosan prokariot orga-nizmlar orasida keng tarqalgan. Euka-riotlardan achitqilar hamda hayvonlar organizmida parazitlik qiladigan, yaʼni ikkilamchi tarzda kislorodsiz muhitda yashashga moslashgan, bir hujayralilar haqiqiy A. hisoblanadi. Koʻp hujayrali A. anaerobioz hayvonlarning ichagi va tana boʻshligʻi hamda toʻqimalarida pa-razitlik qiladigan yassi toʻgarak chu-valchanglar orasida uchraydi. Anaerob organizmlarda metabolizm kisloroddan boshqa oksidlovchilardan foydalanishga asoslangan. Organik moddalardan foydalanadigan anaerob organizmlar (glikoliz natijasida hosil boʻladigan energiyadan foydalanadigan barcha eu-kari-otlar) spirtlar va yogʻ kislotalar qaytarilishi orqali boradigan har xil tipdagi bijgʻishni amalga oshiradi. Boshqa A., mas, denitrifikatorlar, te-mir bakteriyalari, oltingugurt bakteri-yalar, metan hosil qiluvchi bakteriyalar esa anorganik oksidlovchilar (nitratlar, oltingugurt birikmalari, karbonat an-gidrid va boshqalar)dan foydalanadi. Almashi-nuv mahsulotlariningxiliga qarab anae-rob bakteriyalar yogʻ kislotali, sut kislo-tali, propion kislotali guruhlarga aj-ratiladi. Fototrof bakteriyalar A.ning boshqa maxsus guruhini tashkil etadi. Kislorodga boʻlgan talabiga koʻra A.ning obligat va fakultativ guruhlari farq qilinadi. Obligat A.da metabolizm kis-lorod ishtirokisiz boradi, fakultativ A. (mas, denitrifikatorlar) anaerobioz holatdan kislorodli muhitda yashashga utishi mumkin. Anaerob muhitda ok-sidlanish energiyasi kam boʻlganidan A. faoliyati tufayli juda koʻp qaytarilish mahsulotlari — spirtlar, yogʻ kislotalari va boshqa hosil boʻladi. A. muhitdagi kislorod aerob organizmlar tomonidan batamom oʻzlashtiriladigan sharoitda (mas, suv tubidagi balchiqda, ifloslan-gan oqova suvlarda) rivojlanadi. A.dan mikrobiologiya sanoatida spirtlar va organik kislotalar ishlab chiqarish, oqova suvlarni tozalashda keng foydalaniladi. Ay-rim A. ogʻir infeksion kasalliklar (qoqshol, gazli gangrena va boshqalar)ni kel-tirib chiqaradi. Haqiqiy A. bilan birga ayrim umurtqasizlar orasida kislorod tanqisligiga vaqtincha moslashgan turlari ham bor. Ayrim obligat A. kislo-rodga juda sezgir boʻlganidan kislo-rodli muhitda juda tez halok boʻladi. Issiq suvli havzalardan va suvning chuqur qatlamlaridan topilgan A. Yer yuzida paydo boʻlgan eng qadimgi organizmlar boʻlishi mumkin.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.